Sulaymon Xoʻjayev (asli Sulaymonxoʻja Nasrullaxoʻja oʻgʻli) (1866— Toshkent — 1947.21.1) — yogʻoch oʻymakori, Mehnat Qahramoni (1932). Toshkent yogʻoch oʻymakorligining yirik vakili, pargari va lavh boʻyicha mohir usta. 17 yoshigacha otasi — duradgor usta bilan ishlab hunar oʻrgangan, soʻng usta Iskandar Mirzayoqubov ustaxonasida ishlagan. 1891-yildan usta Toshpoʻlat Ayyubxoʻjayevtn pargari usulini mukam mal egallagan. X. Toshkent oʻquv i.ch. ustaxonalarida oʻqituvchi, Toshkent sh. Xalq maorifi boʻlimi huzuridagi toʻgaraklarga rahbarlik qildi, koʻplab shogirdlar tayyorladi (jumladan, M. Asqarov, M. Qosimov va boshqalar). Toshkent toʻqimachilik ktida milliy naqshlar asosida matoga gul solish boʻyicha maslahatchi rassom boʻlgan. X. yaratgan xontaxta, kursi, qugicha, lavh va boshqa badiiy buyumlar naqsh mujassamoti, nafis, yuksak mahorat bilan ishlanishi va boshqa xususiyatlari bilan diqqatga sazovor.

1913-yildan X. badiiy asarlari bilan Xalqaro koʻrgazmalar (Sankt-Peterburg, Parij va boshqalar)da ishtirok etgan. Uning asarlari va naqsh mujassamotlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.