Xo‘janazar Huvaydo
Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli) (1704 – O'sh shahri – 1780/81, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) – shoir, tasavvuf sheʼriyatining yirik vakili. Qoʻqon madrasalarida oʻqigan. Qishlogʻida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shugʻullangan. Otasi Gʻoyibnazar soʻfi Qashqardagi Ofoqxoʻja eshonning muridlaridan boʻlgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan.
Xoʻjanazar Huvaydo | |
---|---|
Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli | |
Tavalludi |
1704-yili |
Vafoti |
1780/81-yili Farg'ona |
Ijod naʼmunalari
tahrirArzimni aydim bodi sabogʻa, Yetkursa holim ul dilrabogʻa.
Qilsa xudoyim koʻnglin muloyim, Rahm aylagʻaymu man mubtalogʻa?!
Qilgʻaymu xayrin oʻz qoʻli birla, Borsam koʻyiga miskin gadogʻa?
Dedi raqiblar yorgʻa yomonlab, Soldi judoliq naylay arogʻa,
Koʻnglumda yoʻqtur zarra gumonim, Kimki yomondur soldim xudogʻa.
Holimni aytsam yorim inonmas, Emdi qoʻyubman yavmuljazogʻa.
Yorsiz kishini firdavsi yoʻqtur, Suydim sanamni qoldim balogʻa.
Dushmanlarining nozu, niamda Parvarish aylab soldi gʻinogʻa.
Doʻstini yorim ranju alamda Qoʻydi el ichra javru jafogʻa.
Miskin Huvaydo sabru tahammul Aylab, hamisha yigʻlar xudogʻa.
Havolalar
tahrir- Xoʻjanazar Huvaydo, Ziyo istagan qalblar uchun (oʻzb.)
- Xoʻjanazar Huvaydo[sayt ishlamaydi], Adabiyot boʻstoni (oʻzb.)