Xo‘jayikon tuz g‘ori
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Surxondaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sherobod |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
Ko'hitang tog'i 1200 metr m |
Kengligi | 150 |
Uzunligi | 300 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
Xo‘jayikon tuz g‘ori haqida
tahrirXo‘jayikon tuz g‘ori 1942-yilda ochilgan. Surxondaryo viloyatidagining Sherobod tumani Ko‘xitang tog‘ tizmasi etaklarining janubi-sharqiy yonbag‘rida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan. Tuz g‘orining ichki qismida san’at galereyalari tizimi bilan birgalikda bir-biridan harorat, namlik, bosim va mikroiqlim bo‘yicha farq qiluvchi beshta xona-kameralar mavjud.
Sherobod tumanidagi kon, 1942-yilda ishga tushirilgan Kon yotiq sinklinal burmada joylashgan bunda tuz qatlamlari teskari qatlamlangan bo’lib, oq tuzlar yuqori, qizil tuzlar pastda joylashgan. Qizil tuz qatlamlarida kaliy tuzlarining 6 qavati ajralib turadi. Tuzlarning o'lchangan zaxirasi 46 mln tonna yiliga 150 ming tonnadan karyerlardan qazib olinmoqda. [1]
Xo‘jayikon tuz tarkibi
tahrirXo’jaikon tuz konida osh tuzi yirik donali tarkibida 92.3-99.7 % NaCI mavjud. «Xo‘jayikon» tuzi kondagi osh tuzi qatlamining qalinligi 350-400 metrga yetadi. Rangi oq, sariq, pushti, qizil. Tuz qatlamlari 150-300 metr qalinlikdagi qum, gil, qumtosh, ohaktosh kabi to’rt o’lchamli va quyi bo’r davrlariga mansub yotiqlar bilan qoplangan. «Xo‘jayikon» tuz g‘ori hozirgi kunda mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Yiliga 93 ming tonna osh tuzi qazib chiqarilmoqda. 1995-yilda AQSHdan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan iste’molchi tuzi ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilgan.[2]
Madaniy meros ro'yxatiga kiritilishi
tahrir«Xo‘jaykon» tuz g‘ori Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi [846-son] qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. Mazkur qarordan tashqari, 2021 yil 3 martdagi 119-sonli qaror bilan obyekt «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan.[3]
Salomatlik uchun foydaliligi
tahrirG‘or devorlari o‘ziga xos tarzda 1−3 sm gacha tuz qatlami bilan qoplangan, o‘tish joyida tuz eritmali shifobaxsh buloq bor. Ushbu g‘or muhitida nafas yo‘llarining allergik kasalliklari, uzoq davom etadigan o‘tkir va surunkali bronxit, astma, pnevmoniya asoratlari, immuniteti pasaygan bemorlar va teri kasalliklarini davolashda foydali qo‘shimchalar mavjud.
Davolashning mohiyati g‘or va shaxtalarda tuz konlarini toppish hisoblanadi. G‘orda davolanish kuniga taxminan 2-2,5 soat davom etadi. Doimiy harorat va namlik yordamida erishiladigan noyob mikroiqlim havoning ifloslanishi ehtimoli bo‘lmagan eng toza havo muhitiga aylantiradi.
Yil davomida havo harorati 7-27 daraja, nisbiy namlik 50-70 foiz, atmosfera bosimi 700 mm simob ustuni atrofida saqlanadi. Havoda magniy, kaliy, temir gidroksidi kabi elementlar va yigirmaga yaqin boshqa mikroelementlar mavjud.
Xo‘jaykon g‘orida bo‘lish nafas yo‘llarining allergik kasalliklari, uzoq davom etadigan o‘tkir va surunkali bronxit, astma, pnevmoniya asoratlari, immuniteti pasaygan bemorlar va teri kasalliklarini davolashda foydali qo‘shimchalar mavjud.
Bundan tashqari, tuz galereyalarining oxirida kuzatuv maydonchasiga olib boruvchi yo‘lak mavjud. Surxondaryo tog‘larining ajoyib panoramasi ochiladi. Shuningdek, “Xo‘jaykon” yaqinida sho‘r ko‘llarni ko‘rish mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2022/07/20/xojayikon/, gazeta.uz, Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘ori
- ↑ https://m.facebook.com/Surhandaryo/photos/xo%CA%BBjaikon-tuz-konixo%CA%BBjaikon-tuz-koni-surxondaryo-viloyati-viloyatining-sherobod-/493602397950244/, Surxondaryo eco turizmi
- ↑ https://lex.uz/docs/-4543266