Xoja Abu Nasr Porso — (?—1461) — alloma va muhaddis. Xoja Abu Nasr avliyolar qutbi, buyuk tarbiyachi, naqshbandiya tariqati piri murshidi hisoblanadi. U shariatu tariqat ilmini o‘z otasi Hazrat Xoja Porsodan o‘rgangan. Xoja Abu Nasr toʻgʻrisida „Nasoim ul-muhabat“da, „Tarixi tomm“da, „Nafotul uns“da, „Tuhfat az-zoirin“, „Rashahot“da va boshqa o‘nlab kitoblarda maʼlumotlar mavjud[1]. Alisher Navoiyning yozishicha, kimeki qay masala bilan Xoja Abu Nasrga murojaat etsa, ul zoti sharif: „Qani kitobni ko‘raylik-chi!“ — deb, o‘sha masalaga doir kitobni ochar ekanlar. Va karomatni ko‘ringki, albatta so‘ralgan masala javobi berilgan sahifa ochilgan bo‘larkan". Xoja Abu Nasr odobu axloqda xam barchaga namuna bo‘lgan. Naql qilinishicha, Hazrat Abu Nasrning tog‘alari bir kun xizmatkorlaridan ranjib, uni hag‘orat bera boshlaydilar. Xoja Abu Nasr tog‘alariga, jahlingizni tark aylang deb nasihat beradilar, dekin nasihat qabul bo‘lmaydi. Shunda Xojo Abu Nasr: „Iltimos, tog‘aijon, men uchun bir Qurʼon tilovat qiling!“ -deydilar. Noiloj tog‘alari dashnom bermoqdan to‘xtab, tilovat qilibdilar va shundan so‘ng g‘azabdan tushibdilar. Abu Nasrning shogirdlari Xoja Burhoniddin edi. Xoja Burhoniddinning yozishicha, Abu Nasr deganlarki, padari buzrugvorim vafot qilganlarida, men yonlarida emas edim. Kelib muborak yuzlaridan pardani ko‘tardim. Ko‘rdimki, ko‘zlarini ochdilar va menga qarab tabassum qildilar. Bu holni ko‘rganda iztirobim oshdi, oyoqlari tomoniga o‘tib, yuzimni oyoqlariga surtdim, shu zahot oyoqlarini tortdilar. Xoja Abu Nasr 1461-yilda vafot etgan[2].

Muhaddis

Ism

Xoja Abu Nasr Porso

Tavalludi

Vafoti

1461-yil

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.