Xoja Alouddin G‘ijduvoniy — (1336—1428) — alloma va muhaddis. Naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, avliyo, tarbiyachi Hazrat Alouddin G‘ijduvoniy 1336-yilda tavallud topgan. O‘n olti yoshida Hazrat Amiri Kalon Vosho‘yiga murid bo‘lgan. Hazrat Vosho‘yi Sayid Mir Kulolning muridi hisoblanadi[1]. Hazrat Alouddin G‘ijduvoniy Hazrat Amiri Kalon Vosho‘yidan zikri xufiya taʼlimini olgan. Hazrat Alouddin yigitlik vaqtlarida Hazrat Bahouddin Naqshbandga murid bo‘lib, uning nazariga tushadi. Hazrat Bahouddin vafotidan so‘ng Xoja Muhammad Porsoga muridu muhib bo‘ladi. Alisher Navoiyning „Nasoim ul-muhabbat“ asarida, yozilishicha, „va azim istig‘roqi bor ermish. Ba bag‘oyat shirintakallum ermish“. Maʼlum bo‘layaptiki, Xoja Alouddin G‘ijduvoniyda kuchli istig‘roq bor ekan. „Istig‘roq“ — g‘arq bo‘lish, biror narsani boshdan oxirigacha egallash, ishg‘ol qilish hisoblanadi. So‘fiylikda esa Allohdan boshqa hamma narsa bilan aloqani uzib, vajd va holga taslim bo‘lish hisoblanadi. Demak, Xoja Alouddin Allohning ishqiga g‘arq bo‘lgan zot boʻlgan va uning suxani shirin bo‘lib, suhbatdosh qalbini tez zabt eta olgan. Xoja Alouddin G‘ijduvoniy 1428-yil vafot etadi. Xoja Muhammad Porsoning o‘g‘illari Hazrat Abu Nasr Porso Xoja Alouddinning janozalarida deydilarki: „Biz to shu vaqtgacha, Hazrat Alouddin G‘ijduvoniy soyalarida va himoyalari barakotida emin va osuda edik. Bu kun Hazrat Alouddin G‘ijduvoniy Haq Subhonahu taoloning javori rahmatiga ketdilar. Emdi ul mahal tururkim, qo‘rqaman!“ Hazrat Alouddin G‘ijduvoniyni Buxorodagi Namozgoh masjidi janubida joylashgan mashhur Filmarza (Pirimarza) qishlog‘idagi Tal (tepalik) ustiga dafn qilingan. Ushbu ziyoratgoh Buxoro g‘isht zavodi janubiy devoriga tutash tepalikdadir. Ziyoratgoh taʼmirtalab hisoblanadi[2].

Muhaddis

Ism

Xoja Alouddin G‘ijduvoniy

Tavalludi

1336-yil

Vafoti

1428-yil

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.