Xoja Qa’bul Ahbor Vali ziyoratgohi
Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi — Buxoro viloyati, Kogon tumani, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Xoʻchkob qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali qachon tavallud topganligi haqida biror manbada maʼlumot uchramaydi. Manbalarda u VII asrda vafot etganligi yozib qoldirilgan. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohida maqbara boʻlib, unda Xoja Qaʼbul Ahbor Vali qabri joylashgan. Qabr 14 metr boʻlib, uning uchida esa shogirdi Abdulloh Zohid ibn Aʼsad dafn qilingan. Mazkur ziyoratgohda masjid ham mavjud. Bundan tashqari bu yerda Xoja Qaʼbul Ahbor Vali yana bir shogirdi Mahmud ibn Hamin qabri joylashgan. Ziyoratgoh masjidi orqa tomonida 40-50 gektar atrofdagi qabriston mavjud. Mazkur qabristonda qabr toshlar ham boʻlib, eng qadimiysi bundan ming yil oldin oʻrnatilgan. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi 1990-yilga qadar abgor ahvolda boʻlgan. 1990—1991-yillarda ziyoratgohda xushkoblik Amirqul Shukurov oʻz mablagʻlari hisobiga yangi masjid qurdiradi[1]. 1995-yil ziyoratgohdagi maqbara, quduq va masjid xorazmlik ustalar tomonidan taʼmirlangan. Mazkur masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil qayta roʻyxatga olingan. Ziyoratgohda masjid boʻlib, hozirgi kunda faoliyat yuritmoqda. Masjid binosi gumbaz bilan birgalikda balandligi 9 metr, uzunligi 11 va eni esa 10,7 metrni tashkil etadi. Masjid asosi tosh va pishgan gʻishtdan terilgan[2].
Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | masjid |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XX asr boshlari |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Manbalar
tahrir- ↑ Когон тумани тарихи 2015, s. 33.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Ражабов Қ, Жамолова Д. Когон тумани тарихи. Тошкент: Tafakkur, 2015 — 48-bet. ISBN 978-9943-24-109-1.
Havolalar
tahrir- [https://naqshband.uz/masjidlar/xuja_kabul_axbor_vali_masjidi „Когон туман Хўжа Каъбул Ахбор Вали
зиёратгоҳи ва масжид тарихи“]. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.