Romitaniy Xoja Ali

(Xojai Azizondan yoʻnaltirildi)

Romitaniy Xoja Ali (arabcha: روميتاني خوجة علي —Romitaniy Xoja Ali — Toʻliq ismi:Xoja Ali, Xojai Azizon Romitaniy (vafoti 1316 yoki 1321-yil)) — So‘fiy.

Romitaniy Xoja Ali
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi So‘fiy

Hayoti

tahrir

Romitaniy Xoja Ali, Xojai Azizon (13-asr oʻrtalari — Romitan tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 1316/1321) — xojagonnaqshbandiya tariqati vakili. Buxorolik yetti pirning to‘rtinchisidir. Zamonasining yetuk olimi. Naqshbandiya tariqati silsilasida 12 maqomda zikr qilingan.[1]Toʻquvchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmda bir muddat yashab, xonaqo ochgan va xojagoniyani mazkur hududda tarqatgan. Soʻfiylik yoʻlidagi ustozi Maxmud Anjirfagʻnaviydir. Oʻz navbatida, Romitaniy Xoja Muhammad Boboyi Samosiynmng ustozi hisoblanadi. Bizgacha "Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy" asari yetib kelgan. Asarda Romitaniyning tasavvuf axlining axloqodobi, xojagon tariqati qonunqoidalari bilan bogʻliq qarashlari, pandnasihatlari jamlangan. Xojagonlik tariqatining 10 sharti bayon qilingan "Risolai Hazrati Azizon" nomli kichik hajmli asar ham Romitaniyga nisbat beriladi. Romitaniy Sariboʻston qishlogʻi (Qoʻrgon qishlogʻi yaqini)da dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan, u mustaqillik davrida taʼmirlangan. Romitaniy qabri ziyoratgoh hisoblanadi.[2]

Asarlari

tahrir
“Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy”, “Risolai Hazrati Azizon”

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 508.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil