Xolbeyn
Xolbeyn, Golbeyn (Holbein) Xans Kichkina (taxminan 1497/98, Augsburg — 1543-yilning 7.10 yoki 29.11, London) — nemis rassomi va grafigi; Uygʻonish davrining yirik vakili. Otasi rassom Xans X. Kattadan taʼlim olgan. 1515—26 yillar Bazelda, 1526—32 yillar Angliyada ishlagan, 1536-yildan kirol Genrix VIII saroyida rassom. X. sanʼati ingliz va Gʻarb. Yevropa portreti rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bazelda diniy mavzularda asarlar yaratgan ("Jonsiz Iso", 1521 va boshqalar), insonparvarlarning ichki qadriyati va maʼnaviy qudratini ifodalovchi portretlar ("Erazm Rotterdamskiy", 1523, Luvr va boshqalar), portret rasmlar, illyustratsiyalar (Erazm Rotterdamskiyning "Tentaklik maktovi" asariga, 1515 va boshqalar) ishlagan, jamoat binolarini bezagan. "Oʻlim qiyofalari" (1524—26, "Oʻlim raqslari" nomi bilan mashhur) turkum rasmlarida Buyuk xoch urushi voqealarini majoziy shaklda aks ettirgan. Ingliz insonparvarlari bilan ishlagan davrda psixologik oʻtkir va anik, rangtasvir ("Astronom Nikolos Kratser", 1528, Luvr va boshqalar) va grafika ("Tomas Mor", qalam, kumir, sangina, 1527, Vindzor qasrida va boshqalar) portretlari yuzaga keldi. X. zamondoshlarining oʻziga xos xususiyatlarini sinchiklab kuzatadi hamda ularning kiyofalarini aniq tasvirlaydi: savdogar G. Gisse (1532, BerlinDalem kartinalar galereyasida), fransuz elchisi Sh. Morstt (taxminan 1534 35, Drezden kartinalar galereyasida), ingliz kirolichasi Jeyn Seymur (1536— 37, Vena sanʼat tarixi muzeyida) kabilarning mashhur portretlari shular jumlasidan; "Temirsaroy" (1541—43, London) va boshqa devoriy rasmlarni ishladi.
X. ijodi jahon portret va Uygʻonish davri badiiy madaniyatining choʻqqisidir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |