40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E / 40.83083; 72.37417

Masjid
Xolid ibn Valid jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Shahar Asaka shahri
Manzil Asaka shahri markazi.
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Binokorlik sanasi 1991 yil
Asosiy sana:
1998-yil
Soʻngi imom Adhamjon Tojiboyev
Maqomi Ishlaydi
Hajmi 2000 kishi
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona


Xolid ibn Valid jome masjidi – Andijon viloyati, Asaka shahrining eng gavjum va markaziy hududida joylashgan masjid[1]. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi

tahrir

Masjidiga 1991-yilda asos solingan. Masjid poydevori 1991-yil 23-aprel kunidan boshlab qurila boshlagan. Qurilish ishlari Asaka tumani xalqining hashar yoʻli bilan barpo etilgan. Masjidda qurilish ishlari eng zamonaviy koʻrinishda olib borilgan. 2014-yilda esa „Xolid ibn Valid“ jome masjidida zamonaviy jihozlangan hojatxona va tahoratxonalar ishga tushirilgan. Xonaqoh ichiga boshidan oxirigacha bir xilda yozilgan gilamlar kishining tabiatini ochib yuboradi. Sahniga marmar toshlar yotqizilgan. Masjidda hozirga qadar tinimsiz ravishda qurilish va qayta taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.[3].

Masjidning umumiy maydoni – 2400 kv.metr. Masjidning nomi mashhur sahoba, dongʻi ketgan mohir sarkarda Xolid ibn Valid nomiga qoʻyilgan.

Hozirda Shahobiddin domla Parpiyev masjid imom-xatibi vazifasida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „Xolid ibn Valid jome masjidi Qaralgan sana=26.10.2024“ (masjid.uz).
  2. „Xolid ibn Valid jome masjidi ro‘yxatdan sanaQaralgan sana=26.10.2024“ (uzorg.info).
  3. „Masjidlar ro‘yxati Qaralgan sana=05.10.2024“ (old.muslim.uz).