"Xon Shatir" (qozoqcha: Хан Шатыр) — Qozogʻistonning poytaxti Ostona shahridagi yirik koʻngilochar va savdo markazi (Ostonaning yangi ramzi), 2010-yili 6-iyulda Ostona kuni munosabati bilan ochilgan.

Xon Shatir
Umumiy maʼlumot
Maqomi Qurilishi yakunlangan
Manzili Ostona, Turon shoh ko'chasi 37
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Balandligi
Balandligi 150 metr
Architectural Norman Foster
Eng yuqori qavati 6
Xon Shatir

Tavsifi

tahrir

Xon Shatir dunyodagi chodir tipidagi qurilishlarning eng yaxshi[1] va Qozogʻistondagi savdo markazlarining eng kattasi, hali betakror tashqi koʻrinishi bilan ajralib turadi. Xon Shatir SOSO jahon darajasidagi koʻngilochar va xaridlarni bir tom ostida birlashtirgan birinchi turmush tarzi markazi hisoblanadi.

Lord Norman Fosterning tasavvurian chiqqan meʼmoriy moʻjiza — „Xon Shatir“ savdo-koʻngilochar markazining binosi Markaziy Osiyodagi misli koʻrilmagan va eng yirik meʼmoriy loyiha boʻlib hisoblanadi.[2] Ushbu majmuaning balandligi 200 metrni tashkil qiladi. Uning asosiy boʻligi floropolimer bilan qoplangan nozik toʻrdan iborat ulkan shatirdan turadi. Qoplashga ishlatilgan floropolimer ETFE yorugʻni koʻpidan uzatuvchi, binoning ichki qismini issiq bilan sovuqdan himoya qiladigan ajoyib qurilish materiallaridan biri boʻlib topiladi. Ob’yekt asosan mustahkam va barqaror monolitik metall qurilmalardan iborat. Metall oʻrnatishlarning umumiy ogʻirligi 2300 tonnani tashkil etadi va butun stendga oʻrnatilgan tomning balandligi 150 metrni tashkil qiladi. Ushbu ulkan bino ichida qo‘llaniladigan maxsus panjurlar va o‘rnatilgan shamollatish moslamalari orqa tarafdagi o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida majmuadagi havo haroratini barqaror ushlab turish imkonini beradi. Binoning metall ramkasi 2300 tonna, tomning balandligi 150 metr.

„Xon Shatir“ning ichki hajmi 110 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu savdo va koʻngilochar markazida eng katta shahar bogʻi, yirik savdo markazlari, kinoteatr, konsert zallari boʻladi. Shu bilan birga inshoatning hamma qavatlarida kafe va restoranlar joylashgan. Markazning ichida tropik bogʻlar, gulzorlar, favvoralar mavjud. Bolalarnig ajoyib dam olishi uchun 7 va 4 metr balandlikdagi suv slaydlari jihozlangan.

Bino meʼmori, meʼmorchilik ustasi Norman Foster.

Bosh pudratchi Turkiyaning Sembol Construction (Sembol Constractoin) qurilish kompaniyasidir .

Xizmat doirasi

tahrir

Bu ajoyib qurilishning solinishiga barcha shahar aholisi bilan qatorda, dunyoning barcha yetakchi savdo kompaniyalari vakillari ham katta qiziqish bildirishdi. Samarali ijaraga berish, do‘konlarni joylashtirish puxta rejalashtirilganlikdan, savdo oʻrinlarida dunyoga mashhur brendlarning hammasi boricha joylashtirilgan „Xon Shatir“ markazida Qozog‘istonda birinchi marta dunyoga mashhur Debenhams universal do‘koni ochildi. Ushbu kompaniya 120 yildan beri jahon savdosida oʻz biznesini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Ushbu kompaniya mahsulotlari sotiladigan savdo markazining maydoni 3 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Xuddi shunday, bu yerda Mudo Concept brendlari sotiladigan 1500 kvadrat metrlik savdo markazi ochildi. Ushbu kompaniya poytaxt aholisiga mehmonxonalar, restoranlar, kafelar va barlar uchun barcha zarur mahsulotlar va jihozlarni taklif etadi.

Umumiy savdo maydoni 6000 kvadrat metrdan oshadigan „Xon Shatir“ savdo markazi Ostonadagi eng yirik gipermarketga aylangan.

Savdo markazlaridan boshqa „Xon Shatir“ markazida „RIXOS SPA“ fitness-spa markazlari faoliyat yuritmoqda. Binoning har bir qavatida restoran va kafelar bor. Ularda jahon oshxonalarining tajribali oshpazlari poytaxtliklar uchun daxldor taomlar tayyorlab, xizmat qilib keladi. Va oltinchi qavatda suzish havzasi, akvapark va [universal, yopiq plyaj mavjud. Natijada mazkur markazga kelgan dam oluvchilar Ostonaning qush nazaridan go‘zal manzarasidan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi.

„Xon Shatir“ markazidagi bir qancha kinoteatrlar tomoshabinlar uchun dunyoga mashhur „Chaplin Cinema“ kompaniyasi dunyoda chiqqan soʻnga yangi filmlarni taqdim etmoqda. Bu qurilish binosi joylashgan maydonda balandligi 38 metr boʻlgan, Ostonada tengi yoʻq minora, ajoyib tom bilan birga. Shu bilan birga, harakatlanuvchi monorelsli temir yoʻl, 7 va 4 metr balandlikdagi toʻsiqlar bilan suzish markazlari mavjud.

Koʻngilochar markazlar

tahrir

Fame City koʻngilochar markazi

tahrir

Fame City koʻngilochar markazi bolalargina emas, balki kattalar uchun ham 100 dan ortiq turdagi oʻyinlardan bahramand boʻlishga taklif qiladi.

Fame City oʻzining turli qiziqtiradigan oʻyinlari bilan, oʻyin-kulgu turlari bilan kelgan oilalar uchun unutilmas taasurot qoldiradi. Tashrif buyuruvchilar turli xil oʻyin-kulgilardan bahramand boʻlishlari, poezdda qoʻrqinchli gʻordan oʻtishlari mumkin va „Oltin kon“ oʻyini unutilmas tuygʻularni qoldiradi.

Mini City

tahrir

Mini City — Fame Cityda joylashgan Mini shaharcha. Xon Shatir SOSOda xarid qilish paytida bolalarni turli toʻgaraklar va kasbiy tayyorgarlik bilan ilhomlantiradi.

Suv attraksioni

tahrir

Suv attraksioni — suv kanallari va yogʻoch qayiqlari bor, balandligi 4 m, tushishi 7 m, yon tomani daraxtlar va chiroyli oʻsimliklar bilan oʻralgan attraksion.

Qulash minorasi

tahrir

Ostona shahridagi oʻzining turi boʻyicha eng baland attraksion, balandligi 38 metr qiziqtiradigan oʻyin turi erkin yiqilish hissini his qilishni xohlaydiganlar uchun moʻljallangan. Attraksion Xon Shatirning asosiy kirish eshigi qarshi joylashgan. Qurilma Italiyadan olib kelingan, oʻzining profilaktika va isitish tizimi bilan jihozlangan. Bir vaqtning oʻzida 12 kishigacha sigʻishi mumkin.

Mono Rail

tahrir

Mono Rail attraksioni uzunligi 500 m , Xon Shatirning hamma perimetri boʻylab oʻtadi. Balandligi 25 m yerdan hamma ajoyib manzaralarni ochib berganga oʻxshaydi. 4 ta gʻordan oʻtadi. Gʻorlar yorugʻlik va animatsiyaga toʻla.

Jahon brendlari

tahrir

Xon Shatir SOSOda 50 dan ortiq jahon brendlari joylashgan. Shuning ichida:

Ovqatlanish joyi

tahrir

KFC tez ovqatlanish restoranlarning tarmogʻining 4-qavatida joylashgan. KFC AQShning Kentukki shtati Luisvilida tashkil etilgan. Bu yerda asosan tovuq goʻshti, oʻramlar, sendvichlar va salatlar taklif etiladi. Lekin asosiy taom — qovurilgan tovuq.

Krusty Krabs

tahrir

Krusty Krabs tez ovqatlanish restoranlarning tarmogʻining 4-qavatida joylashgan. Krusty Krubsda har xil oziq-ovqatlar, jumladan, bolalar menyu boʻyicha ovqat tanlashga boʻladi.

Turka — faol odamlar uchrashadigan joy. Bezantirishning yorqin hali koʻz qamashtiruvchi dekor menyuning xilma-xilligini taʼkidlaydi. Osiyo davlatlari ovqatlariga xohlovchilar bu yerda Tailand lapshasining taʼmidan bahramand boʻlishlari mumkin. Bundan tashqari, bu yerda mashhur doner, lahmajun va paxlavalarni ham topishingiz mumkin. Meksika va italyan oshxonalarini sevuvchilar bu yerda haqiqiy spagetti va burritolarni topishlari mumkin.

Xon Shatir savdo-koʻngilochar markazida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar

tahrir

SSS- XAVFSIZLIK VA XAVFSIZLIK XIZMATI

tahrir

Xon Shatirdagi xavfsizlik xizmati. Xon Shatirda nazorat qilish, himoya qilish, joylashishni aniqlash va maksimal darajada himoya qilish uchun xavfsizlik agentligi. Hozirgi vaqtda 50 ga yaqin qo‘riqchi ishlamoqda.

WHITE CLEANING

tahrir

WHITE CLEANING — Tozalash va tozalik kompaniyasi. 60 ga yaqin xodimlardan iborat yirik kompaniya. Xon Shatirni butunlay tozalik bilan taʼminlaydi. „White Cleaning“ 2018-yil yanvar oyida ochilgan va shu kungacha oʻz xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.

TEXNIKA

tahrir

TEXNIKA — savdo markazini texnik ishlar bilan taʼminlaydi.

RECEPTION

tahrir

RECEPTION — Savdo markazidagi muhim maʼlumotlarni, siz bilmagan butik va doʻkonni soʻrashingiz mumkin. Shuningdek, siz Qabulxona orqali xabar yuborishingiz, yoʻqolgan narsani u yerdan olishingiz va avtoturorgoh vaqti tugaganini toʻgʻrisida bilib olishingiz mumkin.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. V Astane vozveli samiy bolshoy shatyor v mire — Xan-Shatir
  2. „Хан шатыр вошел в десятку лучших мировых экозданий — Новости бизнеса в Казахстане BIZmedia.kz“ (ru-RU) (2010-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.