Xonobod sihatgohi MCHJ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yilning 2-3 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog'idagi topshirig'iga asosan, Vazirlar Mahkamasining 28.07.2017 yildagi "2017-2019 yillarda Andijon viloyatining Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish" to'g'risidagi № 557-sonli farmoishiga asosan UzAutoMotors aksiyadorlik jamiyati tomonidan qurilib, 2018 yil 11 iyun kuni foydalanishga topshirilgan.

Xonobod shahri Xonobod sihatgohi

Loyiha budjeti

tahrir

Xonobod sihatgohi MCHJ 174 o'ringa mo'ljallangan. Yillik quvvati 6480 kishi. Loyihani umumiy qiymati 70 mlrd. so'm. Loyihaning maqsadi aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish, sog'lomlashtirish hamda tibbiy va ekoturizmni rivojlantirishga mo'ljallangan.

Joylashuvi

tahrir

Xonobod sihatgohi dengiz sathidan 850 m.balandlikda joylashgan bo'lib, yuqori nafas yo'llari, asab tizimi hamda harakat tayanch organlari tizimi kasalliklarini sog'lomlashtirishga mo'ljallangan.

Hududi

tahrir

Xonobod sihatgohining hududi 10.5 gektarni egallaydi. Barcha sihatgoh korpuslari park zonasida joylashgan, ko'm-ko'k daraxtlar va gullarga burkangan. Sihatgoh hududi ko'kalamzor ekinlar qayrag'ochlar, teraklar, emanlar, yong'oq daraxtlari, oq akatsiyalar, klyonlar, kashtanlar, archalar, chinorlar, archa butalari, bujun va boshqa daraxtlardan iborat. Davolash binolarida 4 xil turdagi xonalar mavjud, shulardan standart, yarim lyuks hamda, 6 ta appartimentda barcha sharoitlar yaratilgan.