Xorazm qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm qoʻgʻirchoq teatri, Xorazm viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri – bolalar teatri. 1993 yil Xiva shahrida tashkil boʻlgan.
Teatrning tashkil topishida Sanʼat institutining „qoʻgʻirchoq teatri“ boʻlimini bitkazgan maxsus „Xorazm guruhi“ bilan birgalikda Ogahiy nomidagi teatr qoshidagi „qoʻgʻirchoq teatri“ studiyasi aktyorlari asos boʻldi. Teatr oʻziga xos ijod yoʻli va uslubiga ega boʻlib, zamonga hamnafas spektakllar bilan bir qatorda xalq ertaklari, mumtoz asarlarga ham alohida eʼtibor qaratmoqda, klass konsert, shou tomoshalari bilan tomoshabinni mamnun etmoqda. „Afandi hangomalari“ (M. Quryozov) teatrning ilk spektaklidir. Ketmaket „Toʻgʻri va egri“, „Sirli sandiq“, „Chodir jamol“, „Kashmir qoʻshigʻi“ (Sh. Rashidov), „Susambil“ (M. Krdirov) kabi spektakllar sahnalashtirildi. Teatr ijodkorlari turli mavzularga murojaat etgan holda spektakllarga bolalarni fakat xalollikka, mehnatsevarlikka, oqil va bilimdon, vatanga, xalqiga, otaonasiga muhabbatli boʻlishga undovchi eng muhim tarbiyaviy vosita sifatida qaramoqda. „Tuhmat tosh yorar“, „Shohsanam kissasi“, „Doʻstlik bogʻi“ (S. Kozlov), „Afrika qoʻshigʻi“ (D. Saburov), „Tilla tarvuz“, „Yangi yil ertagi“ (O. Abdullayev), „Qizil tanlilar sardori“ (O. Genri), „Oltin baliq“ (A. S. Pushkin), „Ishlamagan tishlamaydi“ (U. Xoʻjaniyozov), „Tulki hiylasi“ (M. Ashurova), „Toʻtixon shou“ (klass konsert), „Oʻrmondagi bazm“ (shou tomosha) va boshqa teatr sahnasidan oʻrin olgan eng yaxshi asarlardir. Roxila Matniyozova, Yusufboy Yusupov, Umid Dosov, Davron Ismoilov, Farogʻat Saidnazarova va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir.
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |