Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) - chet elda yashovchi turklar, qardosh va xesh-aqroba jamiyatlari bilan birgalikta Turkiyada tahsil olayotgan xalqaro stipendiyat talabalariga qaratilgan loyihalarni nazorat qilish, bu boradagi xizmat va faoliyatlarni rivojlantirish borasidagi vazifalarni bajaruvchi muassasadir.[1] Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli, oʻzining maxsus budjetiga ega boʻlgan tashkilotdir. YTBning bosh ofisi Anqarada joylashgan.

Yurtdışı Türkler ve Akraba Topluluklar Başkanlığı
Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 2010-yil 6-aprel
Joylashuvi Turkiya, Anqara, Oʻgʻuzlar mah, Mavlono Bulvari
Balgat Çankaya Anqara
Hududiy xizmati Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tashkilot rahbari Abdullah Eren
Bosh mahkamasi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi
Budjet yillik ₺351.848.000
Vebsayti ytb.gov.tr
Til(lar)i turk, ingliz

Asos solinishi

tahrir

YTB — chet elda yashayotgan va yillar davomida farqli tashabbuslari va muammolariga yechim topa oladigan hamda ularga bu borada yordam berishni maqsad qiluvchi tashkilotning yetishmasligidan aziyat chekayotgan turklar va xesh-aqroba jamiyatlarining muammolariga yechim topish hamda ular bilan ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgandir. Ushbu tashkilot shuningdek Turkiyada xorijdagi turk diasporasi bilan shugʻullanuvchi eng yirik tashkilot hisoblanadi.

Ushbu tashkilot Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan 2010-yil 24-martda kuchga kirgan „ Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasining (YTB) tashkiloti va uninig vazifalari toʻgʻrisida“gi qonun [2][3] asosida hamda 2010-yil 6-apreldagi Turkiya Respublikasida qonun loyihalari eʼlon qilib boriladigan „Rasmiy gazeta“ning 275544-sonida tegishli qonunning eʼlon qilish orqali tashkil etilgan boʻlib, 2010-yildan beri oʻz faoliyatini yuritib kelmoqdadir.[4]

Muassasa tarkibidagi tashkilotlar

tahrir

Muassasa 8 ta boʻlim va yuridik maslahatxonadan iborat. Boʻlimlar:[4]


1. Chet eldaki vatandoshlar boʻlimi boshqarmasi
2. Madaniy va ijtimoiy aloqalar boʻlimi boshqarmasi
3. Korporativ aloqalar va kommunikatsiyalar boʻlimi boshqarmasi
4. Xorijiy talabalar boʻlimi boshqarmasi
5. Xodimlar boʻlimi boshqarmasi
6. Maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi boshqarmasi
7.Yordam xizmatlari boʻlimi boshqarmasi

8.Strategiyalarni rivojlantirish boʻlimi boshqarmasi

Baʼzi loyihalari

tahrir


Turkiyaburslari batafsil (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan)
Avrasya yoshlar maktabi (2021) batafsil
Turk dunyosi yoshlar maktabi (2022) batafsil (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan)
Bolqon tarix va mandaniyat akademiyasi (2022)batafsil (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan)
YTB fotograflar maktabi (2022) batafsil (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan)
Xorijdagi vatndoshga yordam dasturi batafsil (Wayback Machine saytida 2022-06-28 sanasida arxivlangan)

  1. „Kurumsal“. YTB.gov.tr. 12 nisan 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 şubat 2017.
  2. „kayaum.politics.ankara.edu.tr“. 27 şubat 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 mayıs 2010.
  3. www.aa.com.tr[sayt ishlamaydi]
  4. 4,0 4,1 „Yurtdışı Türkler ve Akraba Topluluklar Başkanlığı - 2012 Yılı Denetim Raporu“. Sayıştay.gov.tr. 17 şubat 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 şubat 2017.

Havolalar

tahrir