Xorioptoz
Xorioptoz, terixoʻr qoʻtir — chorva mollarining invazion kasalligi. Terida, oyoq boʻgʻimlarida, dumning pastki tomoni va ildiz qismida, baʼzan sakrash boʻgʻimlarida parazitlik qiluvchi Chorioptes turkumiga mansub terixoʻr kanalar qoʻzgʻatadi. Terixoʻr kanalar mollar noqulay sharoitda boqilganda uchraydi. Qoramollarda C.bovis, otlarda C.equi, qoʻylarda C.ovis, echkilarda S. sargaye kanalari parazitlik qiladi. Koʻproq yosh mollar kasallanadi. Kasallik tarqatuvchisi kasal hayvonlar. Belgilari: qichishish, pust tashlash, jun va tuk toʻkilishi, teri qalinlashishi va poʻstloq hosil boʻlishi bilan kuzatiladi.
Tashxisi teri zararlangan joydan kirma olib aniqlanadi.
Davosi: qichimaga qarshi spirtli yoki yogʻli linementlar surtish, qichimaga qarshi vannalarda choʻmiltirish.
Oldini olish: podaga yangi qoʻshiladigan mollar karantini, binoni zararsizlantirish.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |