Xotambandi — yogʻochga yogʻoch, suyak, sadaf qadab bezak, naqsh yaratish usuli; shu usulda yaratilgan bezak ham X. deb ataladi. Amaliy bezak sanʼatida keng qoʻllanadi. X. usulida bezatilgan badiiy buyumlar (musiqa asboblaridan chang, tor, rubob va boshqalar) respublika muzeylarida saqlanadi.