Xotinrabot
Xotinrabot — kushonlar davriga oid shahar xarobasi (mil. 1—4-asrlar — mil. 11—12-asrlar). Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududida joylashgan. 16 xonadan iborat xunarmand kulol uyi (21x18 m) va ustaxonasi xarobalari qazib ochilgan. Zal yaxshi bezatilgan. Ohaktoshli ustun asoslari, sopol idishlar, haykalchalar va sopol pishiriladigan xumdonlar topilgan. Markaziy tepaning shim. qismida mil. 11—12-asrlarda hayot qisman tiklangan. Markaziy tepadan 200 m sharqda mil. 16—17-asrlarga oid savdo toqi qoldiqlari ochilgan. Toqning tarhi asosida 8 qirrali zal va uning atrofida 8 xoʻjalik xonalari boʻlib, zal tuzilishiga koʻra gumbaz bilan yopilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |