Xovuzli jome masjidi
Xovuzli jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Xovuzli jome masjidi
Xovuzli | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Soyliq shaharchasi Gʻafur Gʻulom qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xovuzlik mahalla fuqarolar yigʻini Uchqun koʻchasi 1-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Rahimberdi domla Mahamedov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirXovuzli jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Soyliq shaharchasi Gafur Gʻulom qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Xovuzlik mahalla fuqarolar yigʻini Uchqun koʻchasi 1-uyda joylashgan[2][3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Rahimberdi domla Mahamedov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.45 gektar joyda 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Gʻulom qishloq fuqarolar yigʻini, Saxovat mahalla fuqarolar yigʻini, Mulla hakim ota mahalla fuqarolar yigʻini, Otabek bobo mahalla fuqarolar yigʻini, Oromgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Maqsad mahalla fuqarolar yigʻini, Soylik mahalla fuqarolar yigʻini, Uchqun mahalla fuqarolar yigʻini, Semurgʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Soylik mahalla fuqarolar yigʻini, Oqtosh mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Xiyobon mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirXovuzli jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 10-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ХОВУЗЛИК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"ХOVUZLIK" JOME' MASJIDI“. allcompanies.by. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"ХOVUZLIK" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.