Xristo Periklovich Taxchidiy (1953-yil 13-yanvar Sirdaryo viloyati, Oʻzbek SSR)–Rossiyalik oftalmolog, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi.

Xristo Periklovich Taxchidiy
Tavalludi 23-yanvar 1953-yil (1953-01-23) (71 yosh)
Sirdaryo, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Ish joylari Rossiya Fanlar Akademiyasi
Taʼlimi Sverlovsk davlat tibbiyot universiteti

Biografiyasi

tahrir

Xristo Periklovich Taxchidiy – 1952-yil 13-yanvarda Sirdaryo viloyati, Mirzachoʻl tumanidagi yunon millatiga mansub oilada tugʻilgan[1]. Uning bobosi Turkiyaning shimoliy qismida tugʻilgan boʻlib, Trapezund imperiyasida yashagan yunonlarning avlodlari boʻlgan. 1949-yilgi surgunlar davrida Xristo Taxchidiyning ota-onalari Oʻrta Osiyoga surgun qilingan[2][3].

Xristo Taxchidiy 1976-yilda Sverdlovsk davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1970-yildan 1982-yilgacha xuddi shu institutda koʻz kasalliklari kafedrasi yordamchisi, keyinchalik esa dotsenti sifatida faoliyat yuritdi. 1982-1986-yillarda esa tibbiyot fakulteti dekani lavozimida ishladi. 1983-yilda oftalmologiya boʻyicha nomzodlik, 2001-yilda koʻz kasalliklarini davolashda mikrojarrohlik texnologiyalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1987-yildan 2001-yilgacha Fyodorov nomidagi koʻz mikroxirurgiyasi kompleksining Yekaterinburgdagi filiali direktori boʻlgan[4][5].

Xristo Taxchidiy bir qator xorijiy oftalmologik jamiyatlarning aʼzosi, Butunrossiya oftalmologlar jamiyati boshqaruvi Kengashi aʼzosi. 2003-yilda Taxchidiy professorlik darajasiga erishdi.

Xristo Taxchidiy 2002-2011-yillarda Yevkidimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri boʻlib ishladi[6]. Xristo Taxchidiy 2013-yildan hozirgacha Rossiya milliy tadqiqot universitetining tibbiy ishlari boʻyicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Mukofotlar

tahrir

Xristo Taxchidiy 2001-yilda Yevropa jarrohlar jamiyati tomonidan, 2002-yilda esa Yunoniston oftalmologiya jamiyati tomonidan mukofotlangan. 2005-yilda Rossiya hukumatining fan va texnika sohasidagi mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2019-yil 15-noyabrda Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi etib saylandi.

Manbalar

tahrir
  1. Краснопольская И. С глазу на глаз : Фёдоровский центр жив // Российская газета. — 2003. — № 136 (3250), 11 июля. Архивировано 12 sentyabr 2017 года.
  2. „Профессор Христо Тахчиди: прозрение в будущее… / Наука и жизнь, 2010, № 9“. 2016-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
  3. „Жертвы политического террора в СССР“. 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
  4. „Уволенный со скандалом глава «Микрохирургии глаза» восстановлен на посту“ (deadlink). 2012-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
  5. „Главу «Микрохирургии глаза» Христо Тахчиди вновь уволили“. 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
  6. Ofitsialnie itogi viborov v RAN (Wayback Machine saytida 2015-12-25 sanasida arxivlangan)
  7. Постановление Правительства Российской Федерации от 20 февраля 2006 г. № 96 «О присуждении премий Правительства Российской Федерации 2005 года в области науки и техники» // Российская газета. — 2006, 1 марта. Архивировано 3 noyabr 2011 года.