Xronologik usul - tarixiy voqea va hodisalarni tarixiy davr doirasida ularning ketma-ketligi, harakati va ozgarishi nuqtayi nazaridan organiladi. Ushbu usul bir-biri bilan bogliq voqealar xronikasini organib, tadqiq etilayotgan jarayonning mohiyatini ochish imkonini beradi. Yangi ijtimoiy tarix XX asrning oxirgi on yilligida ananaviy ijtimoiy tarix transformatsiyasi asosida ilmiy bilimlarning antropologiyazatsiyalashuvi tasirida paydo boldi. Ananaviy ijtimoiy tarixdan farqli ravishda uning diqqat markazida ijtimoiy tizim va jarayonlar emas, balki rivojlanayotgan jonli ijtimoiy organizmning hujayrasi sifatida inson turadi. Ijtimoiy jarayonlarni organish rakursi ozgardi: tarixni yuqoridan turib, dunyoning kuchli kishilari idrok qilishi va rasmiy diskurs orqali organishdan voz kechildi, turli davrlarda oddiy insonlar hayoti pastdan va ichkaridan organila boshladi. Shuningdek, ijtimoiy borliq shakllari, hokimiyat institutlari va ular ortasidagi munosabatlar, insonlarning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi orni va roli tadqiq etiladi. Shunday qilib, ijtimoiy tarixda inson ijtimoiy-madaniy amaliyoti va inson xatti-harakatining (kundalik hayotda insonlarning ozaro munosabati va hokimiyat bilan munosabati; oila, nikoh, bolalar tugilishi va tarbiyasi muammolari; jinslar ortasidagi ozaro munosabatlar, talim, moddiy jihatdan taminlanganlik, dam olish va boshqalar; yashashning har kunlik muammolarini hal qiluvchi ijtimoiy muassasalar, jamiyatning moddiy taminlanganligi, axloqiy va psixik jihatdan salomatligi; ichkilikbozlik, jinoyatchilik, narkomaniya muammosi; etiqod ramzlari, ijtimoiy ong afsonalari, marosimlar, suhbat amaliyoti, folklor va boshqalar) ijtimoiy sabablari oldinga chiqadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Antropologiya va etnologik tadqiqot usullari B.A. Odilov Toshkent 2021.