Xun (fors. — qon) — qonli oʻch, qarindoshurugʻning hayoti, nomusori, shaʼni va mulkini himoya qilishdagi qad. odatlardan biri. Ibtidoiy jamoa davrida paydo boʻlgan. Baʼzi urugʻlarda fatsat qotilni oʻldirish bilan X. olinsa, ayrim hollarda uning urugʻiga tegishli biror yaqin qarindoshini mahv qilish bilan kifoyalangan. Davlat barpo boʻlgan yangi jamoada bu odatga bir oz chek qoʻyilgan. Qasoskorlar bilan javobgarlar doirasi birmuncha qisqartirilgan, keltirilgan zarar miqsori, qasos olingan obʼyektning jinsi, yoshi, jamiyatda tutgan oʻrni eʼtiborga olingan. Keyinchalik X. olish yetkazilgan zararni moddiy toʻlov bilan qoplash tizimi bilan ham almasha boshlagan.

Etnografik tadqiqotlarga koʻra, 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida hozirgi Oʻzbekiston hududida urugʻchilik qoldigʻi boʻlmish qon uchun tovon — X. olish odati saqlanib kelgan. Qotil "xundor" deb atalgan. Marhumning qarindoshlari "xun soʻrovchilar", "oʻch oluvchilar" hisoblangan. Qotillik sodir boʻlgach, jabrlanuvchi tomon mahalliy hukumat — qozilarga murojaat qilgan. Qozi tomonlarning oʻzaro munosabatlarini shariat asosida aniqlagan. Qasddan oʻddirilgan yaqin qarindosh uchun X. olishga shariat ijozat bergan ("qonga qon — jonga jon"). X. faqat haqiqiy qotildan olingan. Shuningdek, shariat qotillik va mayib qilganlik uchun X. oʻrniga keltirilgan zararni qoplash maqsadida uni moddiy mablagʻ bilan almashtirishga imkon bergan. Masalan, oʻldirilgan odamning qoni uchun tovon puli toʻlangan.

Tovon hajmi marhumning mehnat qobiliyati, jamoadagi oʻrniga bogʻliq boʻlgan. Mas, katta yoshli erkakning X.i ayol X.idan va ayol X.i qiznikidan qimmatroq boʻlgan. Mabodo marhumning oilasi boquvchisiz qolsa, qotil butun umri davomida yordam berishi shart boʻlgan. Ayrim xalqlarda katta tovonlar toʻlash uchun qarindoshurugʻlardan mablagʻ toʻplangan. Tovon toʻlab boʻlingach, tomonlar yarashishgan va ular oʻrtasida oʻzaro munosabatlar davom ettirilgan. Jahondagi koʻp mamlakatlarda hozirgi X. olish taqiqlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Boʻriyev O.vab., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.