Xunan (xit. an’anaviy 湖南, soddalashtrilgan 湖南, pinyin: Húnán, tarjimasi: „janubiy koʻl“ Duntinxu[3]) — Xitoyning markaziy qismida joylashgan provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimi va Duntinxu koʻli havzasida. Maydoni 210 ming km². Aholisi 65 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Changsha sh.

Xunan

Zhangjiajie Milliy o'rmon bog'i
Zhangjiajie Milliy o'rmon bog'i

Provinsiya
Maʼmuriy markazi Changsha
Gubernator Mao Veymin
Partqoʻm kotibi Chjan Tsinvey
Rasmiy tili xitoycha
Aholi 66 444 864 kishi (2020)[1]
Maydoni 211 836 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 Xupinshan,
2099 m
Vaqt mintaqasi +8:00
Qisqacha xit. soddalashtrilgan , pinyin: Xiāng[2]
Kod ISO 3166-2 CN-HN
Rasmiy sayti Rasmiy sayt
Xaritada
Xunan xaritada
27°24′0″N 111°48′0″E / 27.40000°N 111.80000°E / 27.40000; 111.80000


Xunan hududida qadimda man qabilalari yashagan. 4-asrdan xitoylar koʻchib kela boshlagan. 1937—45 yillarda X. hududining katta qismi yaponlar qoʻl ostida boʻldi.

Jugʻrofiyasi

tahrir

Yer yuzasi gʻarbiy va jan. kismida togʻlar, markazi va shimolida tekisliklardan iborat.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi subtropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 1100-2000 mm.

Iqtisodiyot

tahrir

Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi, xususan, dehkrnchilik. Asosiy ekin turi — sholi hisoblanadi. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, batat, rami, raps, yer yongʻoq, kunjut, tamaki, jut ekiladi. Choy va tung daraxti oʻstiriladi. Bogʻdorchilik, xususan, sitrus mevalar yetishtirish rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Daryolardan va Duntinxu koʻlidan baliq ovlanadi.

Sanoat

tahrir

Xunanda surma, qoʻrgʻoshin, rux rudalari, volfram, marganets qazib chiqariladi. Syantanda elektrovoz, elektrotexnika uskunalari, stanoklar, Xanyanda kon uskunalari ishlab chiqariladi. Oziqovqat, qogʻoz, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Yanszi daryosi va Duntinxu koʻlida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Chansha, Syantan, Chjuchjou va boshqa


Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. http://www.stats.gov.cn/english/PressRelease/202105/t20210510_1817188.html
  2. Атлас Китая 2022.
  3. Географические названия мира, 1998 — 452-bet.