Xushufag'on qishlog'i
Xushufagʻon (arabcha: خشوفغن)
Xushufagʻon — Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoning qadimiy Soʻgʻd viloyatiga qarashli Ishtixon va Kushoniya oʻrtasida joylashgan yirik bir qishloqning nomi. Hozirgi kunda bu qishloqning aniq oʻrni qaerda ekanligi nomaʼlum[1].
„Xushufagʻon“ soʻzi soʻgʻdcha „xshu“ — „olti“, „fagʻan“ — „ibodatxona“, yaʼni „Olti ibodatxona“ maʼnosini bildiradi. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha „Roʻs al-qontara“ („Koʻprik boshi“), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha „Saripul“ („Koʻprik boshi“) deb atalgan[2].