Xusrav sulton
Xusrav sulton (toʻliq ismi Xusrav ibn Yormuhammad ibn Jonibek) (? — 1562) — shayboniylardan. Kesh hokimi (1550—62). 1554-yil Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) Keshga hujum qilganda Balxga qochgan. 1556-yil Keshni qaytarib olgan. 1562-yil Samarqand hokimi Abulxayr ibn Juvonmardali undan Keshni tortib olib, qizi Xonbibyta uylangan. Bunga chiday olmagan X. S. Abdullaxon II ni yordamga chaqirgan, biroq Kesh uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan. Kesh uning oʻgʻli Isfandiyor Sultonga topshirilgan. "Muzakkiri ahbob" tazkira muallifi, shoir Hasanxoja Nisoriy X. S huzurida (1553; 1555—56 yillarda) xizmat qilgan.
Ad..Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob (Doʻstlar yodnomasi), T., 1993.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |