Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma
Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma — xalqaro shartnoma. 1968 yil 1 iyulda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va boshqalar davlatlar tomonidan imzolangan. Yadro quroliga ega davlatlarga yadro qurolini va uning ustidan nazorat qilishni hech kimga bermaslik, yadro quroliga ega boʻlmagan biron bir davlatga uni ishlab chiqarish yoki uni qoʻlga kiritishda yordam bermaslik majburiyatini yuklaydi. Yadrosiz davlatlar yadro qurolini qabul qilmasliklari, shuningdek, uning ustidan nazorat oʻrnatmasliklari, yadro qurolini ishlab chiqarmaslik va biron boshqacha yoʻl bilan qoʻlga kiritmaslik va shu maqsadda hech kimdan yordam olmaslik, shuningdek, oʻzlarining barcha yadroviy faoliyati ustidan nazorat oʻrnatishni nazarda tutuvchi kafolatlar toʻgʻrisida MAGATE bilan bitim tuzishga majburdirlar. Shartnoma hech bir davlatning tinch maqsadlarda yadro quroli ustida tadqiqotlar olib borishi, uni ishlab chiqarish va foydalanishiga toʻsqinlik qilmaydi.
1995 yil 11 aprelda yadro quroliga ega 5 davlat BMT Xavfsizlik Kengashining 984rezolyutsiyasiga muvofiq, yadro qurolini shartnomaga imzo chekkan davlatlarga qarshi qoʻllamaslik majburiyatini oldi va 1995 yil 11 mayda shartnoma 178 mamlakat tomonidan cheklanmagan muddatga uzaytirildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |