Yadro kimyosi
Yadro kimyosi — moddaning yadroviy xossalarini fizik kimyo bilan oʻzaro bogʻliq holda umumlashtirib oʻrganuvchi fan. Baʼzan "Ya.k." termini radiokimyo maʼnosida qoʻllanadi. Bu notoʻgʻri, chunki Yadro kimyosining tadqiqot obyekti atom yadrosining xossalari va yadro reaksiyalari boʻlsa, radiokimyoning tadqiqot obyekti radioaktiv yadrolarning xossalarini kimyoviy muammolar yechimi uchun qoʻllanishidir. Yadro kimyosining asosiy yoʻnalishlari: yadro reaksiyalarini va yadroviy oʻzgarishlarning kimyoviy oqibatlarini oʻrganish; "yangi atomlar" kimyosi; Myossbauer effekti; yangi elementlar va radionuklidlar, radioaktiv parchalanishning yangi turlarini topish. Bu muammolarni yechishda radiokimyo, ionizatsiya, soʻnggi yillarda masspektrometriya, shuningdek, qalin qatlamli fotoemulsiya usullaridan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |