Yahudiylar muxtor viloyatiRossiya Federatsiyasi Xabarovsk oʻlkasining janubi-gʻarbidagi muxtor viloyat. 1934 yil 7 mayda tashkil etilgan. Amur daryosi boʻyida. Janubiyda Xitoy bilan chegaradosh. Maydon 36 ming km². Aholisi 190,9 ming kishi (2002), yahudiy, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Muxtor viloyat 5 tumanga boʻlingan, 2 shahar va 12 shaharcha bor. Markazi – Birobijan shahri Boshqa yirik shahri – Obluchye.

Yahudiylar muxtor viloyati shimol va shimoli-gʻarbini Kichik Xingan, Sutar, Pompey, ShchukiPoktoy togʻ tizmalari, Bureya tizmasining tarmoqlari egallagan. Janubiy sharqi pasttekislikdan iborat. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –21° dan – 26° gacha. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°2G. Yillikyogʻin 500–800 mm. Vegetatsiya davri tekisliklarda 170–175 kun, togʻlarda 155–165 kun. Yirik daryolari – Amur va uning Bira, Bijan va Tunguska irmoklari. Togʻlarda, asosan, qoʻngʻir togʻoʻrmon, Oʻrta Amur pasttekisligida oʻtloqibotqoq, oʻtloqigleyli va allyuvial, tepaliklarda qoʻngʻiroʻrmon tuproqlar. Hududining 36% oʻrmon. Moʻynali hayvonlardan tiyin, sobol, kolonok, yenotsimon it, norka, qunduz; tuyoqlilardan los, qobon yashaydi. Kichik Xinganda yoʻlbars uchraydi. Baliqlardan choʻrtan, laqqabaliq, sazan, amur, doʻngpeshona va boshqalar bor. Muxtor viloyat hududida "Bastak" tabiat qoʻriqxonasi joylashgan.

Yahudiylar muxtor viloyati hududini oʻzlashtirish 17-asrning 40-yillaridan boshlangan, aholi 19-asrning oʻrtalaridan qoʻplab koʻchib borgan. 1928 yil 28 martda sobiq SSSR MIK Prezidiumi yahudiy millatiga mansub boʻlgan fuqarolarni Birobijan shahri atroflariga qoʻchirish haqida qaror qabul qildi. 1930 yilda Uzoq Sharq oʻlkasida tarkibida Birobijan milliy rayoni, 1934 yil 7 mayda Yahudiylar muxtor viloyativ. (markazi Birobijan posyolkasida) tashkil etildi va bu yerga SSSR hududidagi yahudiy millatita mansub fuqarolar koʻchirila boshladi.

Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (gʻalla va sholi oʻrish mashinalari va ularning ehtiyot qismlari, transformatorlar, chorvachilik sohasi uchun jihozlar), qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohak, yigʻma temirbeton mahsulotlari, tilingan binokorlik yogʻochlari), yogʻochsozlik (shu jumladan, mebel sanoati), yengil (poyabzal, trikotaj, toʻqimachiliktikuvchilik, paypoq buyumlari ishlab chiqarish) sanoatlari mavjud, qalay qazib olinadi. Barcha yirik korxonalar Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda qurilgan. Asosiy sanoat markazi – Birobijan shahri Teploozersk, Priamurskiy, Xingansk, Londoko shaharchalari bor.

Yahudiylar muxtor viloyati – Xabarovsk shahri va qisman oʻlkaning markaziy hamda shimoliy rayonlarining sabzavotkartoshka va sutgoʻsht yetkazib beradigan bazasi. Shuningdek, soya, don yetishtirish va asalarichilikka ixtisoslashgan. Chorvachiligi, asosan, sutgoʻsht yoʻnalishida. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Pedagogika instituti, 2 muzey, 3 teatr bor. Sanatoriykurort va dam olish muassasalari (shu jumladan, "Kuldur" kurorti) mavjud. Transport yoʻlining uzunligi 312 km, Amur daryosida kema qatnaydigan suv yoʻlining uz. 500 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 1609 km. "Jyoltiy Yar" aeroporti faoliyat koʻrsatadi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir