Yahyo Azimov
Tojikiston Bosh vaziri
Yahyo Nuriddinovich Azimov (tojikcha: Яҳё Нуриддинович Азимов; 4-dekabr 1947, Xoʻjand) – 1996—1999-yillarda – Tojikiston bosh vaziri. Iqtisod fanlari nomzodi[1][2]. Tojikiston Respublikasi Muhandislik Akademiyasi aʼzosi. „Nuri Xoʻjand“ milliy fanlar akademiyasi aʼzosi.
Yahyo Nuriddinovich Azimov | |
---|---|
tojikcha: Яҳё Нуриддинович Азимов | |
6-Tojikiston Bosh vaziri | |
Mansab davri 7-fevral 1996-yil – 20-dekabr 1999-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Jamshed Karimov |
Vorisi | Oqil Oqilov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-dekabr 1947-yil Xoʻjand |
Kasbi | muhandis |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir- 1971-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, mutaxassisligi boʻyicha tikuvchilik muhandis-texnologi.
- Ura-Tyube zavodida ishlagan.
- 16.08.1971 – toʻquv sexi masteri.
- 03.01.1972 – trikotaj ishlab chiqarish katta texnologi.
- 12.08.1972 – zavod bosh muhandisi oʻrinbosari.
- 01.02.1974 – zavod bosh muhandisi.
- Qayroqqumdagi Lenin nomidagi gilam fabrikasida ishlagan.
- 20.02.1975 – Texnik boʻlimi katta muhandisi.
- 25.10.1976 – gilam ishlab chiqarish 2-chi navbati boshligʻi
- 01.07.1978 – gilam zavodi direktori.
- 17.07.1979 – toʻqimachilik fabrikasi direktori v. b..
- 01.03.1980 – toʻqimachilik fabrikasi Direktori.
- 10.09.1982 – toʻqimachilik konserni bosh muhandis oʻrinbosari
- 20.08.1983 – bosh muhandisi v. b.
- 07.12.1983 korxona bosh muhandisi.
- 05.05.1986 – Bosh Direktor v. b.
- 27.11.1986 – Bosh Direktori.
- 01.01.1992 – konsern „Kolinho“ korxonasiga aylandi.
- 01.11.1992 „Kolinho“ prezidenti etib saylangan.
- 08.02.1996 – 20.12.1999 – Tojikiston Bosh Vaziri.
- 11.03.2000 – 15.01.2001 – Tojikiston iqtisodiyot vaziri.
- 16.02.2004 – MDH gilam sindikati Prezidenti.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ Tadjikistan. Spisok glav gosudarstva
- ↑ „Список защищённых диссертаций“. 2009-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-fevral.
- ↑ ЦентрАзия, 2009-02-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-03