Yalangʻochota — oʻtmishda oʻzbek va qozoq xalqlarida shamol homiysi. Etnograf A.Divayev keltirgan qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro etiladigan qoʻshiqda shamol homiysi sifatida Ya.ga murojaat etiladi. Ya.ga eʼtiqod qilish Toshkent atroflari va Janubiy Qozogʻistonda yashovchi oʻzbeklar oʻrtasida keng tarqalgan. Uning shaxsiyati bilan bogʻliq mikrotoponimlar ham mavjud. Mas, hozirgi Toshkent shahri shim.sharqidagi mavze Yalangʻoch deb ataladi.