Yaldirovuq
Yaldirovuq (Yaxdirovuq) — Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining jan. chegarasi va Turkmanistonning shim. chegarasidagi koʻl. Yangiariq tumanidagi Oqmachit qishlogʻidan 10 km jan.sharqda, 90 m balandlikda joylashgan. Havzasi mayd. 0,68 km². Uzunligi 2 km, eng keng joyi 0,6 km. Shim.dan jan.ga choʻzilgan. Koʻl 0,4 km shimolroqda oqib oʻtuvchi Koʻllar kollektoridan kelgan yer osti va tashlama suvlaridan toʻyinadi. Suvi shoʻr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |