Yalmonquloq
Yalmonquloq, kungaboqar sutlama — sutlamadoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi shoxlanadigan oʻq ildiz. Poyasi tik, yakka oʻsadi, boʻyi 8 — 30 sm. Barglari belkuraksimon, ketmaket gʻuj boʻlib joylashgan. Gullari mayda, bir jinsli, soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Iyulavg.gacha gullab mevalaydi. Mevasi — koʻsakcha. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 600 dan koʻproq urugʻ beradi. Nihollari aprel—mayda oʻsib chiqadi.
Oʻsimlikning tanabarglarida oq sutlama shira boʻlib tarkibida zaharli modda (euforbin) bor. Paxta dalalari, bedapoyalar, gʻalla ekinlari orasida uchraydi. Yoʻl yoqalari, sugʻorish shahobchalari boʻylari, tashlandiq yerlarda, bogʻlarda oʻsadi.
Kurash choralari: urugʻlikni tozalash, oʻtoq qilish, angʻizni chuqur yumshatish.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |