Yalang‘och-2 qabristoni — Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani Temur Malik koʻchasi, 15-uy manzilida joylashgan qabriston[1]. Bu tumanda „Yalangʻoch“ nomi bilan boshqa qabriston ham boʻlganligi sababli ushbu qabristonga „Yalangʻoch-2“ deb nom berilgan[2].

Yalang‘och-2” qabristoni
Joylashuv Mirzo Ulugʻbek tumani, Toshkent
Turi Qabriston
Ochilish sanasi 1900–1910-yillar
Xarita
Map
Koordinatalari 41°35′03″N 69°35′6″E / 41.58417°N 69.58500°E / 41.58417; 69.58500

Tarixi

tahrir

Qabriston 1900–1910-yillarda baland tepalik ustida bunyod etilgan. Bu tepalikda birorta ham daraxt, oʻsimlik oʻsmagan, quruq tuproqdan iborat boʻlgani sababli qabristonga „Yalangʻoch“ nomi berilgan. Shu hududda avval „Yalangʻoch“ nomli boshqa qabriston boʻlganligi sababli bu qabriston „Yalangʻoch-2“ deb atalgan[2].

Hududi

tahrir

Eng avval Yalangʻoch-2 qabristonining maydoni 1,5 gektardan iborat boʻlgan. 1968-yilda qabriston hududi kengaytirilib, 9,8 gektarga yetkazilgan[2]. Hozirda uning hududi 9,28 gektarni tashkil qiladi[1]. Qabriston joylashgan hudud notekis boʻlib, turli baland va pastliklardan iborat.

Yalangʻoch-2 qabristonining hududi 2700 m devor bilan oʻrab olingan, 6700 m² yoʻl asfaltlangan, 1880 m² yoʻl esa beton qoplamaga ega. Qabriston boʻylab 1600 m beton ariq yotqizilgan, 1500 tupga yaqin turli xildagi (archasimon, manzarali, mevali) daraxtlar ekilgan[2].

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Avayxon qabristonini 2018–2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 289,8 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan[1].

Hozirda ushbu qabriston Toshkent shahridasi 28 ta mahallaga (Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bahor, Beshqalʼa, Bobur, Boʻz, Boʻzariq, Fayzulla Xoʻjayev, Feruza, Gulzor, Habib Abdullayev, Humoyun, Navroʻz, Olimlar, Qorasuv-1, Qorasuv-2, Qorasuv-3, Traktorsozlar, Turon, Umid, Yalangʻoch, Yalangʻochota, Yangi hayot, Shahrobo, Shalola, Shukur Burhonov, Shoʻrtepa) xizmat koʻrsatadi[3].

Mashhur shaxslar

tahrir

Ushbu qabristonda sohibkor bogʻbon, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom, Mehnat Qahramoni Rizamat Musamuhamedov, 1991—2017-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi boʻlib ishlagan Fayzulla Mullajonov va uning oʻgʻli, Olmazor tumani hokimi boʻlib ishlagan Abdumajid Mullajonov, Oʻzbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova kabi mashxur insonlar dafn etilgan.

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „TOSHKENT SHAHRIDAGI QABRISTONLARNING SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 28-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Расулов 2012, s. 165.
  3. Расулов 2012, s. 168.

Adabiyotlar

tahrir
  • Ҳожиакбар Расулов. Тошкент зиёратгоҳлари. Тошкент: «Ўзбекистон Миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти, 2012 — 226-bet. 

Havolalar

tahrir