Yangi Kaledoniya madhiyasi
Soyons unis, devenons frères (tarjimasi: „Birlashaylik, aka-uka boʻlaylik“) — Yangi Kaledoniyaning rasman tan olingan madhiyasi. Madhiya 2008-yilda Mélodia bolalar xori guruhi tomonidan yozilgan va 2010-yilda rasman qabul qilingan. Bu Yangi Kaledoniyaning milliy madhiyasi emas. Avval Yangi Kaledoniya Fransiyaning hududi bo'lganligi bois milliy madhiya „La Marseillaise“ hisoblanadi. Rasmiy marosimlar yoki sport tadbirlarida birinchi navbatda „La Marseillaise“, keyin esa „Soyons unis, devenons frères“ ijro etiladi.
Yangi Kaledoniya madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Melodiya xori |
---|---|
Bastakor | Melodiya xori |
Qabul qilindi | 2010-yil 18-avgust |
Tarix
tahrir1998-yilda Noumea kelishuvi hududga avtonomiya berdi. Kelishuv beshta „oʻziga xoslik belgisi“ni bosqichma-bosqich tan olishni koʻzda tutadi: madhiya, shior, Yangi Kaledoniya valyutasidagi mahalliy belgilar, bayroq va hududning yangi nomi.
Madhiya uchun 2008-yilda Yangi Kaledoniya hukumati tomonidan tanlov oʻtkazildi. Gʻoliblikni 2008-yil yanvar oyida Mélodia bolalar xor guruhidan 10 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan yettita Yangi Kaledoniyalik bolalar qoʻlga kiritdilar[1][2]. Madhiya rasman birinchi marta 2008-yil 26-iyunda ijro etilgan.
2010-yil 18-avgustda Yangi Kaledoniya Kongressi madhiyani rasmiy shior („Terre de parole, terre de partage“) va Yangi Kaledoniya pul birligidagi mahalliy belgilar bilan birga rasman qabul qildi. Kongress deputatlari madhiya matniga keyinroq oʻzgartirish kiritish imkoniyatini saqlab qolishdi[3].
Matn
tahrirEng uzun variantida madhiya uch misra va xordan iborat. Sheʼrlar fransuz tilida kuylanadi. Xor Nengone tilida, keyin fransuz tilida kuylanadi. Dastlab uni boshqa mahalliy tillarga tarjima qilish rejalari bor edi[4][5].
Rasmiy matn[4][6][7] | Ingliz tilidan norasmiy so'zma-so'z tarjimasi |
---|---|
I |
I |
Nengone tilida IPA transkripsiyasi }} |
---|
[n̥o.re sa ɭu so ke.ʔed͡ʒ o.nom] |
Nengone tilida xor qismi
tahrirQuyida 2008-yilda Mélodia xori tomonidan yozilgan Nengone tilidagi asl varianti keltirilgan.
Nengone tilida | IPA transkripsiyasi |
---|---|
Hnoresaluso ke'j onome |
[n̥o.re.sa.ɭu.so ked͡ʒ o.nom] |
Manbalar
tahrir- ↑ „De l'écriture ... à la création“. Mélodia. 2008-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
- ↑ „Soyons Unis, Devenons Frères - l'Hymne pour la Nouvelle-Calédonie présenté par ses auteurs-compositeurs“. melodia.nc. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ „La Nouvelle-Calédonie se dote d’un hymne et d’une devise“, Le Monde, 18 August 2010
- ↑ 4,0 4,1 „Soyons unis, devenons frères“. Mélodia. 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
- ↑ „Soyons Unis, Devenons Frères - l'Hymne pour la Nouvelle-Calédonie en audio et vidéo“. melodia.nc. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ „Partition de l'Hymne de la Nouvelle-Calédonie“. Direction de l'Enseignement de la Nouvelle-Calédonie. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ Caron, Romain „Album Art Dans Tous Ses éTats“. Calaméo. 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.