Yangi oy
Yangi oy — Oyning Yer bilan Quyosh orasida boʻlgan vaqtdagi fazasi; ingichka oʻroq shaklidagi 1,5 kunlik payti. Bu vaqtda Oyning Quyosh yoritib turgan qismi Yerga teskari tomonda boʻlgani uchun Oy Yerdagi kuzatuvchiga koʻrinmaydi. Agar Yangi oy paytida Oy Yer va Quyosh markazlarini xayolan birlashtiruvchi toʻgʻri chiziqda boʻlsa, Quyosh tutilishi hodisasi roʻy beradi. Yangi oy payti oy kalendarida oy hisobining boshlanishi deb qabul qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |