Yangiariq
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yangiariq — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining janubida joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri)gacha 20 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch. Aholisi 118 925 ming kishi (2022). Qishloq aholisi va xoʻjaliklari Tagan kanalidan suv oladi. Yangiariqda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, qurilish korxonalari, Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi, avtokorxona, MTP bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, gimnaziya, kasbhunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, 2 madaniyat uyi, stadion mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tumandan Urganch, Xiva shaharlari, Xonqa, Hazorasp shaharchalari va Bogʻot qishlogʻigacha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Xiva — Toshkent yoʻnalishidagi avtobuslar Yangiariq hududidan oʻtadi.
Yangiariq | |
---|---|
shahar | |
41°19′37″N 60°33′07″E / 41.32694°N 60.55194°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Xorazm viloyati |
tuman | Yangiariq tumani |
Hukumat | |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Aholisi | 118 925[1] |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 221100 |
Avtomobil kodi | 90 |
|
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |