Yangiariqsoy rasmlari
Yangiariqsoy rasmlari — Soʻx daryosining irmoqlaridan boʻlgan Yangiariqsoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; Fargʻona viloyati Soʻx tumani hududida. 1979—81 yillarda arxeolog M.Xoʻjanazarov tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1100 dan ortiqrasmlar alohida va guruh holida tosh yoki metall bilan uribchoʻkichlab, koʻlanka, oddiy chiziqlar, sxematik uslubda shshgangan. Yangiariqsoy rasmlarining eng qadimiylari mil. av. 2—1ming yilliklarga mansub, shuningdek, mil. 1-ming yillikka va oʻrta asrlarga oidlari ham bor: odam, buqa, ot, tuya, boʻri, it, tulki, arxar, echki, kiyik va boshqalarning rasmlari; shuningdek, ot va tuya mingan chavandozlar, kamondan oʻq uzayotgan merganlar, qoʻllarida uzun yogʻoch ushlab otda ketayotgan odamlar, buqa yonida turgan omoch va boshqalar narsalarning tasvirlari ham mavjud. Kishilarning kundalik hayotidan olingan lavhalar koʻp uchraydi. Rasmlar juda jonli va aniq ishlangan. Yangiariqsoy rasmlari orasidagi odam, buqa va omochning tasviri Oʻzbekiston hududidagi qoyatosh rasmlari tarkibida yagonadir, u Fargʻona vodiysida qadimdan ovchilik va chorvachilik bilan dehqonchilik ham rivojlanganligini koʻrsatadi. Yangiariqsoy rasmlari arxeologik yodgorlik va tarixiy manba sifatida muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |