Yangibozor (shaharcha)
Yangibozor — Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi shaharcha (1973-yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Toshkent shahri) dan 35 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toshkent (35 km). Yangibozor oʻrtasidan Qorasuv kanali oqib oʻtadi. Aholisi 13 ming kishi (2004). Non zavodi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, qoʻshma, kichik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 3 umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqalar sport inshootlari ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangibozor — Toshkent yoʻnalishida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]
Yangibozor | |
---|---|
shahar | |
41°18′54″N 69°31′31″E / 41.31500°N 69.52528°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Yuqori Chirchiq tumani |
Aholisi | 13 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |