Yaroslav mudriy
(Yaroslav Donodan yoʻnaltirildi)
Yaroslav mudriy, Yaroslav Dono (taxminan 978—1054) — Kiyevning ulugʻ knyazi (1019). Vladimir I ning oʻgʻli. Svyatopolk I ni quvib yuborib, birodari Mstislav bilan kurash olib borib, davlatni boʻlishib olgan (1026), 1036 yil davlatni qayta birlashtirgan. Bir qancha gʻalabalardan soʻng Rusning jan. va gʻarbiy chegaralari xavfsizligini taʼminlagan. Yevropaning koʻpgina mamlakatlari bilan sulolaviy aloqalar oʻrnatgan. Uning davrida qadimiy rus huquqi majmuasi — Rus haqiqati (Russkaya pravda) yaratilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |