Yashil Gumbaz
Yashil Gumbaz (arabcha: ٱَلْقُبَّة ٱلْخَضْرَاء; Hejazi Arabic pronunciation: [al.ɡʊb.ba al.xadˤ.ra]) – islom paygʻambari Muhammad va ilk Rashidun xalifalari Abu Bakr (h. 632–634) va Umar (h. 634–644) qabrlari ustiga qurilgan yashil gumbaz. Gumbaz hozirgi Saudiya Arabistoni Madina shahridagi Al-Masjid an-Nabaviyning (Paygʻambar masjidi) janubi-sharqiy burchagida joylashgan[1]. Har yili millionlab odamlar bu yerga tashrif buyurishadi, chunki hajdan keyin yoki undan oldin masjidga tashrif buyurish anʼanaga aylangan.
Yashil Gumbaz | |
---|---|
[[Dosya:|Paygʻambar masjididagi Yashil Gumbaz va Bob Al-Baqiy minorasi|alt=]] | |
Temel bilgiler | |
Meʼmor | |
Tugatish yili | 1279 |
Xususiyatlari |
Qurilish 1279-yilga toʻgʻri keladi. Qabr ustiga boʻyalmagan yogʻoch gumbaz qurilgan. Keyinchalik u 15-asr oxirida ikki marta va 1817-yilda bir marta turli xil ranglarda (koʻk va kumush) qayta qurilgan va boʻyalgan. Gumbaz birinchi marta 1837-yilda yashil rangga boʻyalgan va shuning uchun „Yashil gumbaz“ nomi bilan mashhur boʻlgan[2].
Tarixi
tahrirMilodiy 1279-yilda (hijriy 678-yilda), Mamluk sultoni Al-Mansur Qalavun davrida qurilgan[3] asl inshoot yogʻochdan yasalgan[4]. Keyingi restavratsiyalarda oq va koʻk rangga boʻyalgan. 1481-yilda masjidda sodir boʻlgan jiddiy yongʻindan soʻng, masjid va gumbaz yonib ketgan va kelajakda gumbazning qulashiga yoʻl qoʻymaslik uchun Sulton Qaytbay tomonidan qayta tiklash loyihasi boshlangan. Yogʻoch poydevorning katta qismi gʻisht konstruktsiyasiga almashtirilgan va yangi yogʻoch gumbazni yopish uchun qoʻrgʻoshin plitalari ishlatilgan. Bino, jumladan, Paygʻambar maqbarasi Qayitbay homiyligida keng qamrovli taʼmirlandi[5]. Hozirgi gumbaz 1818-yilda Usmonli sultoni Mahmud II tomonidan qoʻshilgan[1]. Gumbaz ilk marta 1837-yilda yashil rangga boʻyalgan[2].
Muhammad maqbarasi va ilk xalifalar
tahrirMuhammadning qabri hijrat davrida uning va uning ayoli Oishaning uyi boʻlgan hududda joylashgan. Uning hayoti davomida bu joy masjidga tutash edi. Birinchi va ikkinchi roshidun xalifalari Abu Bakr va Umar Muhammadning yoniga dafn etilgan. Oisha Umarga Abu Bakrning yonidan joy bergan. Masjid Umaviylar xalifasi al-Volid ibn Abdulmalik davrida kengaytirilib, ularning qabrlarini ham qamrab olgan[2]. Qabrlarning oʻzini koʻrib boʻlmaydi, chunki hudud oltin toʻr va qora pardalar bilan oʻralgan[6].
Qabrlar va Oyshaning uyining qoldiqlari xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan qurilgan, eshik va derazasiz 5 qirrali devor bilan oʻralgan. Mamluk Sulton Qaytbay 1481-yilda rekonstruksiya qilganidan beri bu hududga kirish imkonsiz edi. Bir necha asrlar oʻtib qurilgan va hozirda ommaga ochiq boʻlgan panjaralar orqali faqat yashil mato bilan oʻralgan tashqi janubiy devorni koʻrish mumkin[7].
Panorama
tahrirGalereya
tahrir-
Hujraning gʻarbiy tomondan koʻrinish
-
Mamluklar davri gumbazi tasvirlangan XVII asr bronza tangasi hozirgi gumbazdan oldin
-
Yashil gumbaz, Burtonningziyoratida,tax. 1850 CE
-
Birinchi marta 1880-yilMuhammad Sodiqtomonidan suratga olingan gumbaz
-
Muhammadning qabri shu yerda joylashgan
Yana qarang
tahrir- Bayt al-Mavlid, Muhammad tugʻilgan deb hisoblangan uy
- Jahon dinlari asoschilarining dafn etilgan joylari
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Petersen, Andrew. Dictionary of Islamic Architecture. Routledge, 2002 — 183-bet. ISBN 978-0203203873.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Ariffin, Syed Ahmad Iskandar Syed. Architectural Conservation in Islam: Case Study of the Prophet's Mosque. Penerbit UTM, 2005 — 88–89, 109-bet. ISBN 978-9835203732.
- ↑ „Prophet's Mosque“. ArchNet. 2012-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ „The history of Green Dome in Madinah and its ruling“. Peace Propagation Center (2009-yil 4-iyun). 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ Meinecke, Michael. Mamlukische Architektur (de), 1993 — 396–442-bet.
- ↑ „Important Sites: The Prophet's Mosque“ (en-US). Inside Islam (2012-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
- ↑ Archived at Ghostarchive and the „Grave and Tomb of the Prophet Muhammad ﷺ inside Masjid Nabawi in Madinah“. YouTube. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-mart.: „Grave and Tomb of the Prophet Muhammad ﷺ inside Masjid Nabawi in Madinah“. YouTube.