Yaxshi Geldibek (Said Geldibek oʻgʻli) — Xorazm vohasidagi qoʻrboshilardan. 1925-yil oʻrtalarida Toshhovuz okrugida eng kuchli urugʻ oqsoqoli va harbiy guruh qoʻmondoni Yaxshi Geldibek boʻlgan.

Hayoti

tahrir

U xon muhrdori oilasida tugʻilgan boʻlib, Qoʻshmamadxonning eng katta amakivachchasi hisoblangan. Bu paytda Koʻhna Urganch va unga qoʻshni Qoʻngʻirot va Xoʻjayli tumanlari Yaxshi Geldibek nazorati ostida boʻlgan. Qizil armiya qoʻmondonligi Turkmaniston SSRdagi yirik qoʻrboshilar guruhlariga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirishi natijasida 1925-yil 12-sentabrda Toshhovuz va Xoʻjaylida boʻlgan janglarning birida Yaxshi Geldibek ogʻir yarador boʻlib, halok boʻladi. Uning 70 yigiti va kichik urugʻ boshliqlari esa tutingan oʻgʻli Shaltay botir boshchiligida ertasi kuni Qoraqumga chekinib, Junaidxon qoʻshinlari safiga borib qoʻshiladilar[1].[2].

Manbalar

tahrir
  1. Победа советской строя в Северном Туркменистане (1917—1936 гг.) — 301—303-bet. 
  2. «Oʻzbekiston tarixi» jurnali [2022-yil 1-son] — 87-bet.