Yaxton volfram koni
Yaxton volfram koni — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kon. Urgut shahridan 10 km shimolida joylashgan. Yaxton volfram konik. hududida yana bir qancha mayda volfram konlari va namoyonlari (Choshtepa, Kamongaron, Zinak va Turangli) mavjud. Yaxton volfram konik. Yaxton rudali maydonida koʻproq oʻrganilgan va muhim obʼyektlardan hisoblanadi. Bu maydon yirik Xoʻjadik—Avgayjuman gektonik zonasida mujassamlashgan. Konda vulkanogenterrigenli, tufogenkarbonatli, karbonatli va kremniykarbonatli yotqiziqlar mavjud boʻlib, ularni intruziv hosilalar (granitoidli va ishqorbazaltli) majmuasi yorib chiqqan. Skarnlashgan metasomatik jinslar konning rudalarini oʻzida qamrovchi asosiy minerallashgan hosilalar boʻlib, ular qatlamlararo chegara va chegaraoldi hamda shtokverksimon tanalar shaklida intruziv va choʻkindi jinslar kontakt zonalarida rivojlanadi. Baʼzida skarnlar choʻkindi togʻ jinslari orasida joylashib, chegaradan 150–200 m uzoqlikda ham uchraydi. Konning asosiy zaxiralari skarnsheyelitli shtokverk va shim.gʻarbiy maydondagi qatlamlararo rudali jismlarda toʻplangan. Ushbu maydondagi kontaktoldi skarnli zona 500–600 m chuqurlikda boʻlib, 1000 m ga choʻzilgan. Skarnrudali jismlar qalinligi oʻzgaruvchan boʻlib, 2–3 m dan 20–25 m gacha. Barcha skarnlar volfram, oltin, vismut, margimush hamda kumush, molibden, rux, qalayning yuqori konsentratsiyasiga ega. Asosiy rudali mineral — sheyelit; oltin esa, yoʻldosh komponent boʻlib hisoblanadi. Sulfidlardan, odatda, pirrotin, arsenopirit, pirit, xalkopirit, baʼzan galenit, sfalerit, vismutin uchraydi. Norudalardan albit, kvars, xlorit, seritsit, piroksen va boshqalar mavjud. Asosiy rudali komponent — \\Yu, ning aniqlangan zaxiralari 22 ming t dan koʻproq, bashoratlanganlari 50 ming t dan ortiq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |