Yekaterina Laskaridou
Yekaterina Laskaridou (grekcha: Αίκαθαρίνη Λασκαρίδου) — Gretsiyada bolalar bogʻchasi tizimini yaratgan va qizlar maktablarida jismoniy mashqlarni joriy etgan yunon feminist va oʻqituvchisi.
Yekaterina Laskaridou | |
---|---|
Tavalludi |
1842-yil |
Vafoti |
1916-yil Afina, Gretsiya |
Fuqaroligi | Gretsiya |
Kasbi | o'qituvchi |
Biografiyasi
tahrirLaskaridouning, qizlik familyasi Kristomannos, 1842-yilda Vena shahrida Sharqiy Makedoniya yunonlarining Meleniko shahridan (hozir Bolgariyada) Konstantinos A. Kristomannos va Mariya Kazazi oilasida tugʻilgan. 1842-yildan 1855-yilgacha Vena akademiyasida oʻqituvchilar tayyorlash uchun oʻqigan. 1858-yilda bursalik badavlat savdogar Laskaris Laskaridesga uylangan. Ular asosan Afinada yashagan va 1864-yilda Laskaridou bu yerda yunon qizlar maktabiga asos solgan. 1865-yildan 1867-yilgacha Laskaridou Jon va Meri Xill memorial maktabida avval oʻqituvchi boʻlib, keyinchalik maktab direktori boʻlib ishlagan. 1867-yilda Kalliopi Kehadzi bilan Ellin qizlar maktabini tashkil etgan va u yerda 1887-yilgacha (nafaqaga chiqqunga qadar) faolityat yuritgan[1][2][3]. 1878 va 1879-yillarda Laskaridou Germaniyada baronessa Berta von Mahrenholtz-Bulovin bilan birga tahsil olgan. U yerda Froebel usulini oʻrganib chiqqan, oʻzi bilan Gretsiyaga olib kelib, maktabgacha taʼlim va tarbiyachilarni tayyorlash faoliyatiga kiritgan. „Hellenikon Parthenagogion“ ni Froebel usulining markaziga aylantirishga harakat qilgan[4][5][6][7]. Laskaridou Gretsiya xotin-qizlar ittifoqining taʼlim boʻlimi prezidenti boʻlgan va gimnastika assotsiatsiyasi bilan maktablarga birinchi gimnastika darslarini tashkil qilish uchun ish olib borgan[8].
Yunon-turk urushi avjida (1897-yilda) Laskaridou Afina va Pirey shahar teatrlarida kambagʻallar uchun oʻquv seminarlarini tashkil qilgan. Keyinchalik bu yerda ham kambagʻallar uchun bolalar bogʻchalari va gimnaziyalar ochgan. 1906-yilda yetarli miqdorda oʻqituvchilar tayyorlash uchun kechki maktablar ochilgan. Nihoyat, 1912-yilda Laskaridou bolalar oʻqituvchilarini tayyorlash uchun Milliy bolalar bogʻchasini va Afina Oliy qizlar maktabini tashkil etgan[9] [10] .
Uchta qizi: 1876-yilda tugʻilgan taniqli rassom Sofiya Laskaridou[11], Melpomene va 1882-yilda tugʻilgan Eirini Laskaridou. Eirini Kalliteyada Koʻrlar uyiga asos solgan va Gretsiyaga Braille usulini joriy qilgan[9][10][12].
Xizmatlari uchun Laskaridou Najotkor ordenining kumush xochi bilan taqdirlangan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ "Internationalization in Education". Society for the History of Children and Youth International Standing Conference for the History of Education 34. 27–30 June 2012. https://www.unige.ch/ische34-shcy-dha/index/Booklet_FINAL.pdf.
- ↑ "SILENCED VOICES: FEMALE IDENTITY IN HENRY JAMES AND GREGORIOS XENOPOULOS". E Department of American Literature and Culture, School of English, Faculty of Philosophy ARISTOTLE UNIVERSITY OF THESSALONIKI. http://ikee.lib.auth.gr/record/80112/files/gri-2007-879.pdf.
- ↑ Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
- ↑ "SILENCED VOICES: FEMALE IDENTITY IN HENRY JAMES AND GREGORIOS XENOPOULOS". E Department of American Literature and Culture, School of English, Faculty of Philosophy ARISTOTLE UNIVERSITY OF THESSALONIKI. http://ikee.lib.auth.gr/record/80112/files/gri-2007-879.pdf.
- ↑ „Αικατερίνη Λασκαρίδου (1842-1916)“ (el). serrelib.gr.
- ↑ Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
- ↑ „Laskaridou, Aikaterini (1842–1916)“. www.encyclopedia.com. Encyclopedia.com.
- ↑ Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 „Αικατερίνη Λασκαρίδου (1842-1916)“ (el). serrelib.gr.
- ↑ 10,0 10,1 Dalakoura. „Women Educators and their Contribution to Educational Theory and Practice“. Kallipos publications.
- ↑ „From Artist to Myth: The reception of Sophia Laskaridou | CHRISTINA GRAMMATIKOPOULOU | Interartive | Contemporary Art + Thought“. interartive.org. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
- ↑ 12,0 12,1 „Laskaridou, Aikaterini (1842–1916)“. www.encyclopedia.com. Encyclopedia.com.