Yelisavetgrad Injili — Injilning suratli slavyan qoʻlyozmasi — tetr (Toʻrt Injil) XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Moldaviya mitropoliti Anastasi (Krimki) ustaxonasida yozilgan[1]. Rossiya davlat kutubxonasida saqlanadi.

Qoʻlyozma XIX asrning oxirida Yelisavetgrad shahrida (hozirgi Kropyvnitskiy, Ukraina) yagona eʼtiqoddagi Pokrov ibodatxonasida topilgan va shu nom bilan ataladi. 1880-yillarda Injilni sanʼatshunos N. V. Pokrovskiy oʻrganib chiqib, qoʻlyozmaning birinchi batafsil tavsifini tuzgan. Shundan soʻng kitob Yelisavetgradga qaytarildi. U kamida 1914-yilgacha shaharda saqlangan, ammo 20-30-yillardan soʻng uning taqdiri nomaʼlum boʻlgan. 1963-yili V. I. Lenin nomidagi Davlat kutubxonasida Yelisavetgrad Injili topiladi. Qayd etilishicha, kitob kollektsiyaga 1940-yilda xususiy shaxs tomonidan taqdim etilgan. 1960-yillarda Davlat tarix muzeyining slavyanshunos va paleograf M.V. Shchepkina uni oʻrganadi hamda kitob yozilishi sanasi va Yelisavetgrad Injilining tarixi nuqtai nazaridan Pokrovskiyning ishini toʻldiradi.

Qoʻlyozma yarim nizom usulda pergament qogʻozga yozilgan. Yelisavetgrad Injili 1356-yilda yozilgan Bolgariya podshosi Ioann Aleksandrning Injilining nusxasi boʻlib, neo-Vizantiya uslubidagi miniatyuralar bilan bezatilgan[2]. Matto Xushxabari oldiga qoʻyilgan Tpodsho Ioann-Aleksandrning ktitor portreti aks etgan miniatyura saqlanib qolgan.

2009-yilda German Sterligov boshchiligidagi „Qadimgi adabiyot ixlosmandlari jamiyati“ xayriya jamgʻarmasi Yelisavetgrad Injilining 10 000 nusxada faksimil nashrini chiqardi. Loyiha „Rossiya bolalari uchun qadimiy qoʻlyozmalar“ deb nomlangan va nashr 12 yoshgacha boʻlgan bolalari boʻlgan kishiga bepul tarqatilgan[3]. Dastlab kitobni haq evaziga tarqatish rejalashtirilgan boʻlsa-da, keyinchalik bu fikrdan qaytilgan[4].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir