Yena — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Zaale daryosi boʻyida. Aholisi 101 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Optika-mexanika sanoatining yirik markazi. "Karl Seys" zavodi dunyoda optika asboblari ishlab chikaradigan eng katta korxonalardan biri. Asosan, eksport uchun astronomiya uskunalari, yorugʻlik va elektron mikroskoplar, tibbiyot uskunalari, fotoobʼyektivlar, binokllar, optik shishalar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Yena universiteti, planetariy, seysmologiya instituti, rasadxona bor. 1806-yilda Yena yaqinida Napoleon qoʻshinlari Prussiyani magʻlubiyatga uchratgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil