Yendrick Ruiz
Yendrick Alberto Ruiz González (talaffuzi: Yendrik Alberto Ruiz Gonsales) — 1987-yil 4- dekabr, San-Xose, Kosta-Rikada tugʻilgan. Kosta-Rikalik futbolchi, „Herediano“ klubi va Kosta-Rika terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.
Yendrick Ruizning akasi Brayan ham professional futbolchi.
Jamoalardagi faoliyati
tahrir2006-yilda Yendrick Ruiz oʻz faoliyatini „Alajuelense“da boshlagan. 12-noyabr kuni „Deportivo Santacrucéña“ga qarshi oʻyinda u Kosta-Rika chempionatida debyut qildi. 2010-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Yendrick Ruiz „Bryusas“ga ijaraga oʻtdi. 2-avgust kuni „Puntarenas“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[1]. Ijara muddati tugagach, Yendrick Ruiz „Alajuelense“ga qaytdi, ammo asosiy tarkibga kira olmadi. 2011-yilning yozida u „Puntarenas“ga koʻchib oʻtdi. 31-iyul kuni „Herediano“ga qarshi oʻyinda Yendrick Ruiz yangi jamoada debyut qildi[2]. Oʻsha oʻyinda u „Puntarenas“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi.
2012-yilning yozida Yendrick Ruiz „Herediano“ga koʻchib oʻtdi. 22-iyul kuni oʻzining sobiq jamoasi „Alajuelense“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[3]. 3-sentabr kuni „Kartagines“ga qarshi kechgan duelda Yendrick Ruiz „Herediano“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan[4]. 2013-yilda u klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi. 2014-yil 16-noyabrda „Uruguay de Coronado“ qarshi oʻyinda Yendrick Ruiz xet-trik qayd etdi[5]. Oʻsha yili chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2015-yilda Yendrick Ruiz ikkinchi marta Kosta-Rika chempioniga aylandi.
Oʻsha yilning yozida Yendrick Ruiz Hindistonning „Pune City“ klubiga ijaraga oʻtdi. U Hindiston Superligasida debyutini 9-oktabr kuni „North East United“ga qarshi oʻtkazdi[6]. 2016-yil boshida Yendrick Ruiz „Herediano“ga qaytdi va shu zahotiyoq chempionat toʻpurari boʻldi.
Xalqaro karyerasi
tahrir2013-yil 29-may kuni Yendrick Ruiz Kosta-Rika terma jamoasida Kanadaga o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[7]. Oʻsha yili Yendrick Ruiz terma jamoaning KONKAKAF oltin kubogi uchun daʼvosiga kiritildi[8]. Turnirda u Gonduras, Kuba va Beliz jamoalariga qarshi duelda oʻynadi[9][10].
Statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Xalqaro kubog | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
L. D. Alajuelense | 2006-2007 | 2 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
2007-2008 | 4 | 0 | 4 | 0 | |||||
2008-2009 | 13 | 3 | 1 | 0 | 14 | 3 | |||
2009-2010 | 6 | 0 | — | 6 | 0 | ||||
Jami | 25 | 3 | — | 1 | 0 | 26 | 3 | ||
Brujas F. C. | 2010-2011 | 3 | 0 | — | 1 | 0 | 4 | 0 | |
Jami | 3 | 0 | — | 1 | 0 | 4 | 0 | ||
Puntarenas F. C. | 2011-2012 | 36 | 13 | — | — | 36 | 13 | ||
Jami | 36 | 13 | — | — | 36 | 13 | |||
C. S. Herediano | 2012-2013 | 46 | 17 | 1 | 0 | 5 | 0 | 52 | 17 |
2013-2014 | 25 | 8 | 0 | 0 | 2 | 1 | 27 | 9 | |
2014-2015 | 30 | 19 | 4 | 0 | 7 | 5 | 41 | 24 | |
Jami | 101 | 44 | 5 | 0 | 14 | 6 | 120 | 50 | |
F. C. Pune City | 2015 | 9 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
Jami | 9 | 0 | — | — | 9 | 0 | |||
C. S. Herediano | 2015-2016 | 25 | 11 | — | — | 25 | 11 | ||
2016-2017 | 22 | 13 | 3 | 3 | 25 | 16 | |||
Jami | 47 | 24 | — | 3 | 3 | 50 | 27 | ||
Chiangmai F. C. | 2017 | 21 | 7 | 1 | 0 | — | 22 | 7 | |
Jami | 21 | 7 | 1 | 0 | — | 22 | 7 | ||
C. S. Herediano | 2017-2018 | 24 | 9 | — | 2 | 1 | 26 | 10 | |
2018-2019 | 13 | 4 | 8 | 5 | 21 | 9 | |||
Jami | 37 | 13 | — | 10 | 6 | 47 | 19 | ||
Umumiy karyerasida | 279 | 104 | 6 | 0 | 29 | 15 | 314 | 119 |
Yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
„Herediano“
Shaxsiy yutuqlari
- Kosta-Rika chempionatining eng yaxshi toʻpurari (15 gol) — Qishki chempionat-2014
- Kosta-Rika chempionatining eng yaxshi toʻpurari (11 gol) — Yozgi chempionat-2016
Manbalar
tahrir- ↑ „Пунтаренас VS. Брухас 5:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 2-avgust). 2014-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Пунтаренас VS. Эредиано 1:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 31-iyul). 2013-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Алахуэленсе VS. Эредиано 2:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 22-iyul). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Эредиано VS. Картахинес 1:1“ (ru). soccerway.com (2012-yil 3-sentyabr).
- ↑ „Эредиано VS. Уругвай де Коронадо 6:2“ (ru). soccerway.com (2014-yil 16-noyabr). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Пуна Сити VS. Норт-Ист Юнайтед 1:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 9-oktyabr). 2016-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Канада VS. Коста-Рика 0:1“ (ru). soccerway.com (2013-yil 29-may). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Гондурас VS. Коста-Рика 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 22-iyul). 2013-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Коста-Рика VS. Куба 3:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 10-iyul). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Коста-Рика VS. Белиз 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 14-iyul). 2013-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.