Yer osti namakoblari - tarkibida erigan mineral moddalar, asosan nitratlar yoki sulfatlar konsen-tratsiyasi 36 g/l dan ortiq boʻlgan yer osti suvlari. Ye.o.n. sedimentatsiya havzalarida keng tarqalgan. Shuningdek, Ye.o.n. shelflarda (Florida yarim orol yaqinida) hamda kristalli qalqonlarning (Boltiq, Ukraina, Kanada) gipergen darzlanish zonalarida maʼlum. Ular odatda chuchuk va shoʻr suvlar ostida choʻkindi gʻilofning qalin qatlamlarida joylashgan. Baʼzi bir dengizlar (Kaspiy, Qizil dengizlar, Meksika qoʻltigʻi va b.) tubidagi choʻkindilar ostidan ham topilgan. Tarkibidagi anionlarning miqdoriga qarab xloridli (natriy, kalsiy, magniyli), sulfatli va gidrokarbonatli boʻladi (xloridlisi koʻp tarqalgan). Yotish sharoitiga qarab sedimentatsiya havzalarida Ye.o.n.ning tuz usti, oraliq va tuz osti turlari ajratiladi. Tuz usti namakoblari deyarli natriyli boʻlib, shoʻrligi 300—320 g/l; tuz oraligʻi va tuz osti namakoblari koʻp komponentli, shoʻrligi 600 g/l gacha.

E.o.n.dan yod, brom, osh tuzi, magniy, kalsiy, kaliy olinadi. Bor, rubidiy, seziy, stronsiy uchun potensial xom ashyo hisoblanadi. Ye.o.n. davolanishda namakob vannalarida ishlatiladi.

Oʻzbekistonda Ye.o.n. Ustyurt, jan. Orolboʻyi, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, shuningdek, Fargʻona artezian havzalarida mavjud. Ular 500 m va undan chuqurroqda chuchuk va shoʻr suv qatlamlari ostida joylashgan. Buxoro-Qarshi artezian havzasining yuqori yura davri tuzli qatlamida oʻta kuyuq (540 g/l gacha) namakoblar borligi aniqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil