Flora dunyolari
Flora dunyolari, Yer yuzi flora dunyolari — Yer yuzining muayyan hududlarida tarixan tarkib topgan, kelib chiqishi bilan oʻzaro oʻxshash floraparnit eng yirik birlashmalari. Flora dunyolarini bir-biridan farqlashda paleogeofafik omillar (asosan, boʻr davridan boshlab) hamda tuproq va iqlim sharoitlari muhim ahamiyatga ega. har bir Flora dunyolari tarixan uzok, geologik davr mobaynida muayyan hududda kelib chiqqan va tarqalgan endemik oʻsimlik oilalari va turkumlari kompleksiga ega. Flora dunyolari kichikrok, floristik birliklar (flora oblastlari, provinsiya, okrug, rn va boshqalar)ga boʻlinadi.
Golarktika Flora dunyolari (yoki Golarktika oblasti) Shimoliy yarim sharning tropikdan boshqa hamma qismini — janubda Yashil Burun o.lari, Sahroi Kabir va Arabiston yarim orolning shim. qismlari, Fors koʻrfazi sohillari, Hindukush va Himolay togʻlarining jan. yon bagʻirlari, Xitoyningjan. chekkasi, Shimoliy Amerikada Meksika togʻlarining shim. qismlari va Meksika koʻrfazi sohillarigacha boʻlgan juda katta hududni egallagan. Golarktika, oʻz navbatida, Arktika, Boreal, Oʻrta Yevropa, Oʻrta dengiz boʻyi, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Kaliforniya (Sonora), Appalachi Flora dunyolariga boʻlinadi. Oʻrta dengiz boʻyi va Sharqiy Osiyo oblastlarida endemik turlar koʻp.
Paleotropik Flora dunyolari (yoki Paleotropik oblast) Golarktika Flora dunyolaridan jan.da (Sharqiy yarim sharda) to Janubiy Afrika subtropiklarigacha (Hind va Tinch okeanlardagi orollar bn) boʻlgan hududni egallaydi. Oʻsimlik dunyosi boy. Endemik oʻsimliklar kam. Sahroi Kabir, Sudan, Zambiya, Gvineya, Kongo, Kalaxari, Kap, Madagaskar, Hindiston, Hindixitoy, Malayya, Papua, Gavayya, Polineziya oblastlarini oʻz ichiga oladi.
Neotropik flora dunyosi (yoki Neotropik oblast) Amerika qitʼasida Janubiy Kaliforniya va Bagama o.laridan boshlab, to 41° j.k.gacha boʻlgan qismini egallagan. Florasida kosmopolit oʻsimlik oilalari koʻp. hSernam va issiq ekvatorial zona oʻrmonlari turlarga boy. Karib, Orinoko, Amazonka, Braziliya, LaPlata, And flora oblastlariga boʻlinadi.
Jan. flora dunyosi Avstraliya materigi va Tasmaniya o., Yangi Zelandiya, Janubiy Amerikaning jan. chekkasi, Antarktida yoni o.lari va Antarktidani oʻz ichiga oladi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya va MagellanAntarktika flora oblastlariga boʻlinadi. Avstraliya florasi oʻziga xos oʻsimlik turlariga ega (evkaliptlar va boshqalar). Shuning uchun baʼzi botaniklar uni alohida Flora dunyolari hisoblashadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |