Yerevan tarixi muzeyi
40°10′23″N 44°29′58″E / 40.17306°N 44.49944°E
Yerevan tarixi muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1931–yil |
Joylashuvi | Armaniston, Yerevan |
Direktor | Armineh Sargsyan |
Yerevan tarix muzeyi (armancha: Երևանի Պատմության Թանգարան) — Armaniston poytaxti Yerevan shahrining markaziy qismida, shahar hokimiyati bilan bir xil binoda joylashgan tarixiy muzey. Muzey oʻz faoliyatini 1931-yilda boshlagan. Hozirda shaxar tarixiga oid 94 mingdan ortiq eksponatlar namoyish etilmoqda.
Tarix
tahrir1931-yilda Yerevan oʻt oʻchirish stansiyasining ikkinchi qavatidagi ikkita xonada ochilgan muzey. Avvaliga, Yerevan shahar kengashining kommunal boʻlimiga qarashli boʻlganligi sababli Kommunal muzey (armancha: Կոմունալ թանգարան) deb atalgan. 1936-yilda nomi Yerevan tarixi muzeyi deb oʻzgartirildi va Moviy masjidga koʻchirildi. Muzey masjid hududida 56 yil faoliyat yuritdi. 1994-yilda sobiq Sankt-Xripsime qizlar gimnaziyasiga, 1997-yilda inqilobchi va siyosatchi Stepan Shaumyan nomidagi Yerevan 1-oʻrta maktabiga koʻchirilgan. 2005-yilda muzey oʻzining hozirgi joyiga, Yerevan shahar kengashining yangi binosi chap qanotiga joylashtirildi[1].
Esponatlar
tahrirMuzeyda qadim zamonlardan to hozirgi kunga qadar shahar va uning aholisi hayotini aks ettiruvchi 94 mingdan ortiq tarixiy buyumlar: arxeologik, etnografik, numizmatik, mehnat anjomlari, rasmlar, haykallar, arxitektura namunalari, xatlar, kitoblar, qurollar, fotosuratlar, texnik va maishiy buyumlar saqlanmoqda.
Ilmiy kengash
tahrirMuzeyda ilmiy kengash tashkil etilgan boʻlib, uning aʼzolari oʻz davrining eng buyuk mutafakkirlari va sanʼatshunoslari hisoblanadi. Masalan: meʼmorlar Aleksandr Tamanyan, Toros Toromanyan, Nikolay Buniatyan, Mikael Mazmanyan, rassomlar Martiros Saryan, Gagik Gyurjyan, Taragros, olim Arakskulp, Stepan Lisitsyan, Yervand Shahaziz, Sergey Barxudaryan, Babken Arakelyan va boshqalar[2].
Galereya
tahrir-
Erebuni qalʼasi qurilishiga oid mixxat yozuvlari (nusxasi. 1968)
-
Muzeyning koʻplab eksponatlaridan biri. Masalan bu xonada, shaharning kichraytirilgan modeli taqdim etilgan
Manbalar
tahrir- ↑ Հովհաննիսյան, Իրինա. „Նոր շենքում վերաբացվեց Երեւանի պատմության թանգարանը“ (hy). Ազատություն Ռադիոկայան (2007-yil 3-aprel). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Музей истории г. Еревана“. Мэрия Еревана. 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.