Yerlarning meliorativ holati
Yerlarning meliorativ holati — yer maydonlarini qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqliligi nuqtai nazaridan baholash. Meliorativ holati qonikarli yerlarga tuproq unumdorligini tubdan yaxshilash talab kilinmaydigan, dehqonchilik qilishga monelik kiladigan nuksonlari boʻlmagan yerlar kiradi. Meliorativ noqulaylik toifasi yoki turi birinchi navbatda, tabiiy — geografik sharoitlarga, shuningdek, dala meliorativ sharoitlarining dehqonchilik yuritishga mos kelmasligiga bogʻliq. Meliorativ jihatdan noqulay yerlarga qatʼiy aniktuproqiqlim va gidrogeologik sharoitlarda joylashgan botqoqlashgan, jarliklar bilan oʻyilgan, toshloq, tuprogʻi yuvilib ketgan, shoʻrlangan, shoʻrtoblar va shoʻrxok yerlar kiradi. Meliorativ holatiga koʻra noqulay suv rejimiga ega boʻlgan yerlar sugʻorish, zax qochirish, suv chiqarish; noqulay fizik va kimyoviy xossali yerlar tekislash, shoʻr yuvish, kimyoviy meliorantlar qoʻllash, ohaklash, gipslash, suv va shamol taʼsirida eroziyaga uchragan yerlarda ihota oʻrmonzorlari tashkil etish, ilmiy asoslangan sugʻorish usullari va meʼyorlarini qoʻllash kabi tadbirlarni talab qiladi (qarang Melioratsiya).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |