Yermek Serkeboyev
Yermek Bekmuhamedovich Serkeboyev (1926.4,7, Petropavlovsk — 2013.16.11, Olmaota) — qozoq xonandasi (lirik bariton). Xalq artisti (1959), Mehnat Qahramoni (1986). Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1951). 1947-yildan Qozoq davlat opera va balet teatrida yakkaxon xonanda, 1973-yildan Olmaota konser-vatoriyasida oʻqituvchi, professor (1982-yildan). Yoqimli, mayin ovoz sohibi. S. qozoq va mumtoz operalarda asosiy partiyalarni ijro etgan: Omongeldi (Tuleboyev, "Omongeldi"), Er Targʻin, Artyom (Ye. Brusilovskiy, "Er Targʻin", "Dudaray"), Alpamis (Ye.Rahmadiyev, "Alpamis"), Yevgeniy Onegin, Yeletskiy, Mazepa, Robert (P.Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Mazepa", "Iolanta") va boshqa Repertuaridan shuningdek, kamer va estrada asarlari oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Qozogʻiston Davlat mukofoti laure-ati (1972).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |