Magnit qutblari, Yerning magnit qutblari — Yer qatlamlaridagi nuqtalar; ularda Yer magnit maydonining vektor induksiyasi tik (vertikal) boʻlib, Shimol. qutbda pastga va Janub. qutbda esa yuqoriga qarab yoʻnalgan. Bu nuqtalarda magnit meridianlari oʻzaro kesishadi. Yer atrofida magnit maydonining mavjudligini bildiruvchi hodis Janub Yer magnetizm i deyiladi. Muallaq erkin holda oʻrnatilgan magnit mili magnit maydoni taʼsirida Yerning har qanday nuqtasida ushbu magnit maydonining kuch chiziqlari yoʻnalishi boʻyicha yoʻnaladi. Magnit qutblari geofafik qutblar bilan tutashmaydi va ular Yer qaʼrida joylashgan. Magnit qutblari davriy oʻzgarishlarni — bir kecha-kunduz, yillik va yildan yilga (asriy) oʻzgarishlarni kechadi. Yerning Magnit qutblari oʻzgarib turishini Yer magnetizmi xizmati kuzatib boradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil